So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi. Bu juda qiziqarli Yangiliklar

Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi. Bu juda qiziqarli

Toshkentning "Lokomotiv" klubida bosh murabbiy o'zgardi.

O'tgan yildan buyon klubni boshqarib kelayotgan Andrey Fyodorov o'rnini Samvel Babayan egalladi.

Bizningcha bu tayinlov juda qiziqarli bo'ldi. Sababi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida Toshkentning boshqa bir klubi "Paxtakor"da faoliyat olib borgan Babayan bir necha bor chempionlikka erishdi va mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Bu davr mobaynida Babayan "Neftchi", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublariga qarshi chempionlik uchun kurashdi. Mana endi ushbu murabbiy "Lokomotiv" tomonida turib "Paxtakor"ga qarshi kurashadi. Etiborlisi bugungi kunda "Lokomotiv" safida aynan "Paxtakor"da tarbiya topgan futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi.

Samvel Babayan moliyaviy ahvoli tang bo'lgan paytda ham "Paxtakor"ni barqaror klub sifatida olib qolishga erishgani ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak. So'nggi yillarda "Lokomotiv"da moliyaviy imkoniyatlar yaxshi bo'ldi, ammo Osiyo chempionlar ligasida ijobiy natijalarga deyarli erishilmadi. Faqat bir marta klub chorak finalga chiqdi xolos.

Endi O'zbekiston Superligasida Arveladze, Abramov, Kanchelskis, Qosimov, Berdiev, Babayan to'qnashuvlari bo'ladi. Bundan esa albatta muxlislar yutadi. Milliy chempionatimizda mana shunday qiziqarli to'qnashuvlar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.



Haqoratli kommentlar o'chiriladi. Agar yozgan kommentingiz o'chirilmasligini istasangiz haqoratli so'zlar ishlatmang. 

Reyting: -624   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика