So’nggi yangiliklar

15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  8 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6

Samvel Babayan: "Kuniga 24 soat ishlayapmiz, lekin nimadir etishmayapti" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Kuniga 24 soat ishlayapmiz, lekin nimadir etishmayapti"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng (0:0) mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Ko'p gapirishga hojat yo'q. Jamoaga nimadir bo'lyapti. Balki omad etishmayotgandir. Ketma-ket to'rtinchi durangni qayd etdik. Buni tushuntirib berish imkonsiz. Juda ko'p vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Albatta, bularni tahlil qilamiz. Bu borada kecha-yu kunduz ishlaymiz. Afsuski, bizdan pastroqda joylashgan raqiblarni dog'da qoldira olmayapmiz. Qimmatbaho ochkolarni boy berayotganimiz achinarli. Buning uchun muxlislardan uzr so'raymiz. 

Vaziyatni to'g'rilash uchun bizda imkoniyat bor. Tashkilotchilik masalasidagi ayrim muhim masalalarni rahbariyat bilan kelishib olishimiz kerak. CHempionat va kubokda yuqori pog'onani egallash uchun raqobatbardosh tarkib bo'lishi lozim. CHunki kimdadir pasayish bo'lishi mumkin. Boy zaxiraga ega emasmiz. 

Penaltini ko'rdingiz, 100 tadan 100 ta gol uradigan futbolchi noaniq zarba yo'lladi. Mashg'ulotlar va mini-turnirlarda unga etadigani yo'q. Namangandagi 3 yilik faoliyatim davomida og'ir payt bo'lmoqda. Rahbariyat bilan bu holatdan chiqib ketish yo'llarini qidiramiz. 

O'yin sifati bo'yicha shogirdlarimdan shikoyatim yo'q. Biz ko'p imkoniyat yaratyapmiz. Raqibning ochilishini kutamiz. Afsuski, chorasizman.

Natija uchun yana bir bor muxlislardan kechirim so'rayman. Ularning salbiy munosabatini tushunish mumkin. Jamoa hali kuchayadi. Maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz.

Ikkinchi davrada hujum chizig'ini kuchaytirishimiz kerak. Gol urmasak, natijaga erisha olmaymiz. Omad kelmasa ham qiyin. 

Rahbariyat bizni doim qo'llab-quvvatlamoqda. Ular vazifa qo'yganidan keyin qo'llab-quvvatlashi tabiiy. Lekn bizga nimadir etishmayapti. Men ham Namanganda chempionlik bayrami bo'lishini xohlayapman. Yordamchi murabbiylar bilan kuniga 24 soat ishlayapmiz. Bor etiborim jamoada, baribir nimadir etishmayapti. "Navbahor" shu paytgacha bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'laveradi. Bizga biroz vaqt kerak", — dedi namanganliklar ustozi.

Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика