Samvel Babayan "Krasnodar" - "Orenburg" o'yinini stadiondan kuzatdi
28 okt 2016 18:46
Yangiliklar
Samvel Babayan "Krasnodar" - "Orenburg" o'yinini stadiondan kuzatdi
O'zbekiston milliy terma jamaosi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiya kubogi doirasidagi "Krasnodar" - "Orenburg" o'yinini stadiondan kuzatib bordi.
27 oktyabr kuni o'tkazilgan ushbu uchrashuvda Samvel Babayan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda terma jamoaga nomzod bo'lgan Vadim Afoninning o'yinini ko'zdan kechirdi.
Ushbu o'yin 3:2 hisobida "Krasnodar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. "Krasnodar" gollariga Grankvist (57, 100) hamda Izmailov (67) mualliflik qilgan bo'lsa, "Orenburg" gollarini Breev (55) va Oyevol (59) urgan.
O’xshash yangiliklar
09:50
Kechagi uchrashuvda ikkita assist qayd etgan Fayzullaev bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi 7
Fikrlar