So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Samvel Babayan: "Keyingi bosqichga chiqsak sariq kartochkalar kuyib ketadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Keyingi bosqichga chiqsak sariq kartochkalar kuyib ketadi"

O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Bu bosqichning oxirgi o'yinida g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi Samvel Babayan.

"Murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Bahraynni mag'lub etib muxlislarni xursand qilmoqchimiz", - deydi Marat Bikmaev.

- Anchadan buyon terma jamoada ishlayapsiz. O'yindan qoniqish hosil qilayapsizmi?

- Menimcha hech bir murabbiy o'z jamoasi o'yinidan to'liq qoniqish hosil qilmasa kerak. Ammo futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga urinishadi.

- Raqib qanchalik o'rganildi?

- Etarli darajada o'rgandik. Oxirgi o'yinlarini ko'rib chiqdik. Bundan tashqari Bahrayndagi o'yinni ham ko'rib o'rgandik. Ularda kuchli murabbiy bor. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga tushamiz.


- Bahraynga qarshi o'yindan oldin yo'qotishlar yo'qmi?

- Ertaga Islom To'xtaxo'jaev maydonga tushmasa kerak. O'tgan bahsda u jarohat olgandi. Afsuski uning tushish ehtimoli juda kam.

- Boshlang'ich tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi? O'tgan o'yinda bo'lgani kabi stadion to'lishi kutilmoqda. Ertaga chiroyli hujumkor o'yin ko'ramizmi yoki 1:0 etarli hisobmi?

- To'xtaxo'jaev haqida aytib o'tdim. Hech bir jamoa doim hujumkor o'yin ko'rsata olmaydi. Ertaga g'alaba qozona olsak bundan xursand bo'laman.

- Besh nafar futbolchida sariq kartochka bor. Bu sizni o'ylantirmayaptimi?

- Sizni xursand qila olaman. OFK vakili bilan hozirgina gaplashdim, keyingi bosqichda sariq kartochkalar kuyib ketadi. SHunday ekan ertaga ogohlantirish olmasak barchasi yaxshi bo'ladi.

- SHanba kungi mashg'ulotlar anchagina quvnoq kayfiyatda o'tganini ko'rdik. SHokoladlar ham bo'lgandi...

- Jamoani ruhiyatini ko'tarish uchun shunday qildik. Eng texnikasi kuchli futbolchini aniqladik. Unda Odil Ahmedov g'olib bo'ldi va kubok topshirildi. Qolgan futbolchilarga esa shokoladlar tarqatildi.

- Bahraynda so'nggi yillarda pasayish kuzatilmoqda. Futbolchilarda oldingi mag'lubiyatlar uchun alam olish istagi bormi?

- Bahrayn kuchsizlandi deya olmayman. Ular hamon kuchli tarkibga egalar. Ertaga muxlislar oldida g'alaba qozonishga urinamiz.

- Geynrixni vaqtliroq tushirishni imkoni yo'qmi?

- Sasha terma jamoamizning muhim bir bo'lagi. Qozog'istonda mavsum endi boshlandi. SHu bois hozircha uni kamroq vaqtga tushirayapmiz. Lekin agar vaziyat taqozo etsa Geynrix istalgan vaqtda maydonga tushishga tayyor.

- "Bunyodkor" stadionida terma jamoamiz doim kam gol urishi haqida muxlislar aytishmoqda. Bu irimlarga ishonasizmi?

- O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor"da ham, "Bunyodkor"da ham, "Jar"da ham mag'lub bo'lgan. Stadionning hech qanday aloqasi yo'q. SHu bois yaxshi o'ynasak g'alaba qozonamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика