Samvel Babayan: "Ijaradagi futbolchilarning o'ynamasligi haqida band ularning shartnomalarida bor"
26 apr 2014 19:49
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Ijaradagi futbolchilarning o'ynamasligi haqida band ularning shartnomalarida bor"
"Dinamo" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor"ga qarshi o'yinda har qanday jamoa kuchli o'ynashga harakat qiladi. Bugun ham shunday bo'ldi, vaziyatlardan foydalana olishda hamon oqsayapmiz. Biz haqli tarzda g'alabaga erishdik deb o'ylayman, ko'proq vaziyatlar yaratdik, 96-daqiqada gol urib uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Dinamo" safida ijaradagi o'yinchilarimiz ishtirok etishmagan bo'lsa ham ular kuchli o'yin namoyish etishdi", - deb gap boshladi Babayan.
"Klubimizda menejer lavozimini joriy etilishi keyinchalik O'zbekiston uchun oddiy hol bo'lishini istayman. Jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelish rejada bormi? Yo'q, yangi menejer olib kelinishi mumkin, murabbiy emas".
"Ijara bergan futbolchilarimizning "Paxtakor"ga qarshi o'ynamasligi shartnomalarida yozib qo'yilgan. Ularning barchasi "Dinamo"ga mutlaqo tekinga berilgan. "Andijon"ga ham ikki futbolchini berganmiz, ular bizga qarshi maydonga tushishdi. Sababi "burgutlar" bilan avvaldan shunday kelishuv bo'lgandi".
"So'nggi gol borasida nima deya olaman. Qo'shimcha vaqtdan o'tib ketdi? SHaxsan men 90+6-daqiqada urilganini ko'rdim. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha vaqtlarda ikkita o'zgarish bo'ldi, "Dinamo" futbolchilari maydonda yordam olishdi. O'zingiz qo'shib olavering", - deydi Samvel Babayan.
Behbud Erkinov yozib oldi.

Fikrlar