So’nggi yangiliklar

07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  1 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  35 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  57 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  115 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1031 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21

Superligadagi debyutida "Nasaf"ni jazolagan, hokimdan mashina olgan hamda Toshkentda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Superligadagi debyutida "Nasaf"ni jazolagan, hokimdan mashina olgan hamda Toshkentda ota-onasi ko'z o'ngida gol urgan Rubin Xebay haqida qiziqarli malumotlar

Teglar :  AndijonRubin Xebay
Albaniyalik hujumchi Rubin Xebay Qarshining "Nasaf" klubi futbolchisiga aylandi.

— Xebay 8 yoshidan maydonda to'p tepishni boshlagan. Taip Piraniki uning ilk murabbiyi bo'lib, bo'lajak hujumchining 12 yoshiga qadar saboq bergan.

— Xebay O'zbekiston chempionatida o'ynagan ilk albaniyalik futbolchi hisoblanadi.

— Xebay Albaniyaning 17, 19 va 21 yosh toifalaridagi terma jamoa safida ham harakat qilgan. SHu jumladan, 21 yosh toifasida Maltaga qarshi bahsda dublga erishgan.

— Xebay Albaniya va SHimoliy Makedoniya chempionatida g'olib bo'lgan.

— Hujumchi Transfermarkt tomonidan 400 ming evroga baholangan. 

— "Andijon" tarkibidagi rasmiy debyuti 2023 yilning martida Superliganing 1-turida "Nasaf"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan. O'shanda Xebay Sardor Abdunabiev tomonidan urilgan yagona golga assistentlik qilgan.

— Xebayning "Andijon" safida OKMKga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun uning ota-onasi Toshkentga tashrif buyurgan. Rubin o'sha o'yinda gol urdi, biroq jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

— Xebay "Teuta" klubi safida Albaniya chempionati doirasidagi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Kukesi" darvozasini ishg'ol qiladi. G'alabadan mahrum bo'lgan raqib jamoa xodimlaridan biri esa goldan darg'azab bo'lib, zaxira o'rindig'i tom qismini urib sindirgan. Klub esa buning zararini qoplab berishga majbur bo'lgan.

— "Olimpik"ga qarshi O'zbekiston Superligasi uchrashuvidan keyin Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov albaniyalik forvardga avtomobil sovg'a qilgandi.

— O'zPFL talqiniga ko'ra, Xebay 2023 yil Superliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

— "Al Oruba" Xebayni "Andijon"dan 300 ming evro evaziga sotib olgandi.

— Xebay 2024 yilni ikki klub safida o'tkazdi: Saudiya Arabistonining "Al Oruba" va Tunisning "Sfaksen". Afrika jamoasini maoshini vaqtida ololmagani tufayli tark etgan.

— "Al Oruba" safida Saudiya Arabistoni Birinchi ligasidagi debyutida 90+5 daqiqada gol urib, jamoasiga muhim g'alaba tuhfa etgan.

— Xebayning sevimli futbolchisi — Krishtianu Ronaldu.

— Xebayning sevimli klubi — tarkibida Krishtianu Ronaldu bo'lgan klub.

— Xebayning sevimli albaniyalik futbolchisi — Bekim Balyay.

— Futboldagi orzusi — Albaniya terma jamoasi azosiga aylanish.

— Uning yoqtirgan taomi — sazan balig'i.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика