So’nggi yangiliklar

17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:34Про лига. "Олимпик" – "Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  0 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  50 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  11

Samvel Babayan: "Geynrix hali qarib qolgani yo'q" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Geynrix hali qarib qolgani yo'q"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.


"Eng avvalo mana shunday qo'llab quvvatlov uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar g'alaba qozonib, bayramni davom ettirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishdi.

SHukr, ushbu bosqichni g'alaba bilan boshlab oldik. Haydarov va Ahmedovlarga kichik jarohatlari bo'lsada, mana shunday o'ynaganlari uchun rahmat aytmoqchiman. Suriya juda yaxshi jamoa. Bu haqida oldin ham aytib o'tgandim. Balki, mahorat bobida ular biroz tajribasizdirlar. Biroq, kurashish borasida ular juda yaxshi taassurot qoldirishdi. 

Deyarli yarim yillik tanaffusdan so'ng rasmiy o'yin o'tkazdik. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. 

Futbolda muhim narsa bor. O'yin formasi. Afsuski, bazi futbolchilarimiz hali to'liq formaga kirishib keta olmadilar. Umid qilamanki, ular keyingi o'yinga stabil holatda bo'ladilar.

Sardor ham hozircha optimal formada emas. U hozircha bu mavsumda bittagina o'yinda maydonga tushdi. U jamoasi bilan 65 kun tatilda bo'lgan. Bunaqasi futbolda kamdan-kam bo'ladi. Uni o'zgartirish rejamizda bor edi. U hozir kiyinish xonasida menga Qatarda bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatishga vada berdi.

Jeparovning burchak zarbalari? Bugun bizning futbolda standart vaziyatlar ijrochisi deb kimni ko'rsatishimiz mumkin? Ular barmoq bilan sanarli darajada. Server ana shunday futbolchilardan biri.

Geynrix hali qarib qolgani yo'q. U zaxiradan tushib, o'yinni o'zgartirib yubora oladigan futbolchi. Uning pasportdagi yoshini menga ahamiyati yo'q. Muhimi, u terma jamoa uchun borini berishga tayyor.

Hozirdan boshlab Qatarga qarshi tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Ertaga tiklanish mashqlarini bajaramiz. Qatarga 4 sentyabr kuni jo'nab ketamiz. O'sha o'yinda bizga Krimec ham yordam berishi mumkin bo'ladi. Keyingi o'yin juda muhim hisoblanadi.

Biz oxirigacha kurasha olamiz", - deydi terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan. 


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика