Rasman: Krestinin boshchiligidagi "Lokomotiv" murabbiylar shtabi istefoga chiqarildi
05 noy 2024 21:15
Yangiliklar


Rasman: Krestinin boshchiligidagi "Lokomotiv" murabbiylar shtabi istefoga chiqarildi
"Superliganing oxirgi turlarida ro'y bergan qoniqarsiz natijalar sabab "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin istefoga chiqarildi.
Aleksandr Sergeevich bilan birga unga yordam bergan murabbiylar - Aleksandr Perov, Igor Kudrenko va Marko Bayich ham o'z lavozimlarini tark etishdi.
Malumot uchun, asosiy jamoamiz Krestinin qo'l ostida 13ta o'yinda maydonga tushib, ikki bor g'alaba qozondi, 3 marta durang o'ynab, 8ta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.
Oxirgi turlardagi ketma-ket 5ta mag'lubiyat rossiyalik murabbiy istefosiga sabab bo'ldi. Aleksandr Sergeevichning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", -deyiladi "Lokomotiv" klubi bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Championat.asia sayti bundan bir necha kun oldin "Lokomotiv"dagi o'zgarishlar haqida xabar bergandi.
Eshitdik-da! Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!
Eshitdik-da! Babayan kelgach, Sanjar Tursunov "Lokomotiv"ni tark etdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar