Eshitdik-da! "Olimpik" sardorini biryo'la 4 klub o'z safiga qo'shib olmoqchi
09 dek 2024 11:18
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Olimpik" sardorini biryo'la 4 klub o'z safiga qo'shib olmoqchi
Bugun Superliga yangi mavsumida ishtirok etadigan so'nggi jamoa nomi malum bo'lishidan xabaringiz bor. "Olimpik" va "Metallurg" kim qolishi hamda kim Pro ligaga tushib ketishini aniqlab olishadi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Olimpik" sardori Nodir Abdixoliqovga biryo'la 4 klub qiziqish bildirmoqda. Pro ligaga tushib ketgan "Lokomotiv" jamoasi "Olimpik" etakchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Samvel Babayan yarim himoyachini o'z jamoasida ko'rmoqchi, ammo "temiryo'lchilar"ning bir nechta raqobatchilari bor. Bular: "Dinamo", "Surxon" va "Navbahor". Vadim Abramovning shaxsan o'zi 23 yoshli futbolchini Samarqandda ko'rmoqchi. "Surxon" hamda "Navbahor" ham bu kurashda faol bo'lishi turgan gap.
Malumot uchun, Nodir Abdixoliqov joriy mavsum "Olimpik" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida 29ta o'yinda maydonga tushdi hamda 6 ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, bugun 15:00da bo'lib o'tadigan pley-off bahsidan keyin "Olimpik"ning keyingi taqdiri malum bo'ladi va futbolchi shunga qarab qaror qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar