So’nggi yangiliklar

12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  1 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  6 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  6 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  40 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4

Samvel Babayan: “Eng kuchli guruhdan joy olganmiz” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Eng kuchli guruhdan joy olganmiz”

Teglar :  BabayanOlimpiya
2016 yilning 12 yanvarida boshlanadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan suhbat uyushtirdi.

Intervyu davomida murabbiy bo'lajak musobaqa, O'zbekiston o'rin olgan guruh, raqiblar va Qatardagi ob-havo sharoiti borasida to'xtalib o'tdi.

“Ushbu Osiyo chempionati qiziq o'tishi aniq. CHunki bu kabi musobaqalarga barcha jamoalar yaxshi tayyorgarlik bilan keladi. Bu turnir butun Osiyo futbooi uchun kashfiyotlar turniri bo'ladi. CHunki unda yaqin kelajakda qita futbolini mana shu chempionat ishtirokchilari jahonga tanitadi”.

“Guruhimiz - musobaqadagi eng kuchlisi. Bu guruhdan qaysidir jamoa albatta Riodagi Olimpiadaga yo'l oladi. Ha, qura bizga eng kuchli raqiblarni taqdim etdi. Kuchli jamoalar fonida biz o'z kuchimizga to'g'ri baho berish imkoniga ega bo'lamiz”.

“Jismoniy tayyorgarlik bugungi futbolda eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan jihatlardandir. Kimki, jismonan turnirga tayyor emas ekan, u hech narsaga erisha olmaydi. Tabiiyki, biz bu narsaga juda katta etibor qaratyapmiz. Umid qilamanki, kuchli jamoalar to'sig'idan o'tishga kuchimiz etadi”.

“Hozirgi kunga kelib barcha chiziqlar o'rtasidagi hamohanglikka va muvozanatga erishdik, deb o'ylayman. Tayyorgarlikga keladigan bo'lsak, menimcha, murabbiy o'z falsafasini futbolchilarga tushuntirish va uni maydonda tadbiq qilishi uchun bir oy muddat etarli. Nima bo'lganda ham, qanchalik tayyor ekaningni birinchi rasmiy o'yin ko'rsatib beradi. O'tkazgan o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarimiz bizga jamoaning kuchli va ojiz nuqtalarini aniqlashda katta yordam berdi. Biroq rasmiy o'yin bu, baribir, rasmiy o'yin”.

“Ayni paytda Qatardagi ob-havo futbol uchun ideal, deb o'ylayman. Bunday qulay ob-havo sharoitida ajoyib, zamonaviy, dinamik futbol namoyish qilish mumkin. Umid qilamanki, turnir ohirigacha ob-havoda kechkin o'zgarishlar bo'lmaydi. Bu erda o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarimizning birida qattiq jala ostida qolgan edik. Musobaqada bunaqa favqulotda holatlar yuzaga kelmasligidan umidvormiz”.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика