So’nggi yangiliklar

13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  1 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  5 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  4 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3

Samvel Babayan: "Eng katta orzularimdan biri "Navbahor"ni chempion qilish" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Eng katta orzularimdan biri "Navbahor"ni chempion qilish"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun sifatli o'yin namoyish etdik. Ammo odatiy kamchiligimiz vaziyatlardan to'liq foydalana olmaslik ham kuzatildi.

Sardor Mirzaev hujumda istalgan joyda o'ynay oladi, oxirgi ikki o'yinda u markaziy hujumda o'ynadi. Bugun gol urdi va juda foydali o'ynadi. Keyingi uchrashuvda qaysi joyda o'ynashini o'ylab ko'ramiz.

"Navbahor"ni yaxshigina o'rganib chiqqandik, to'pni nazorat qilishimiz kerakligini tushundik. Raqibning chap qanoti kuchli ekanini bilardik.

Biz bunga qadar ko'p durang o'ynadik? Sababi butun bahs davomida bir tempda o'ynay olmadik, qandaydir 10 daqiqa bo'shashish oqibatida gol o'tkazardik va yakunda durang o'ynardik.

Anzur Ismoilov va Islom To'xtaxo'jaev kabi himoyachilarga o'rinbosarlar bormi? Hozirgi kunda ular "Lokomotiv"ning to'laqonli azolari va hozir ularni almashtirishga ehtiyoj yo'q. Yana bir necha yil o'ynashlarini istardim. Albatta jamoamizda yosh himoyachilar bor. Bundan tashqari qishda selekciya ishlari ham jadal davom etadi.

Har bir insonning orzusi bo'ladi. 1996 yilda "Navbahor" chempion bo'lganida shu klub azosi bo'lgandim. Eng katta orzularimdan biri bir kun kelib "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida klubni O'zbekiston chempioni qilish!", - deydi Samvel Babayan.


Reyting: -188   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика