So’nggi yangiliklar

20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  0 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  16 20:00Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 1:1 (матнли трансляция)  14 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  7 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  9 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  19 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1

Samvel Babayan: Denisov maydonga tushmaydi, Sergeev va SHomurodovning ishtiroki so'roq ostida turibdi Yangiliklar

Samvel Babayan: Denisov maydonga tushmaydi, Sergeev va SHomurodovning ishtiroki so'roq ostida turibdi

JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan o'rin olgan Suriya – O'zbekiston uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Server Jeparov bo'lajak o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ertaga JCH–2018 saralashi doirasida 6-uchrashuvni o'tkazamiz. Suriya hurmatga loyiq jamoa ekaniga nafaqat biz, balki butun Osiyo amin bo'ldi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda tashabbusga ega bo'lishimizga qaramay, raqib himoyada mustahkam o'yin namoyish qilgandi. Jamoa tartibli o'yin ko'rsatadi, tarkibida esa individual mahoratga ega bo'lgan futbolchilar bor. Saralash bosqichida oltinchi o'yin ostonasida turibmiz, biroq optimal tarkibda o'ynash nasib etamayapti. Denisov maydonga tusha olmaydi, hujum chizig'idagi Igor Sergeev va Eldor SHomurodovning ertangi bahsda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. SHunga qaramay, belashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va maydonda nimaga qodir ekanimizni ko'rsatib, biz uchun kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz”, – dedi Samvel Babayan.

“Asosiy maqsadimiz – JCH–2018 final bosqichiga chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun harakat qilyapmiz. SHu sababli har bir bo'lajak o'yin katta ahamiyatga ega. SHundan kelib chiqib, ertaga eng muhim o'yin arafasida turibmiz. Ayni vaqtda Rossiyaga yo'l olish uchun necha ochko kerak ekanini hisoblash o'rinsiz bo'lardi. Muhimi har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rib, imkon qadar ko'p ochko olish kerak. Ochkolarni esa saralash bosqichi yakunida hisoblaymiz”, – deya fikrini bildirdi Babayan.

“Terma jamoa uchun ertaga muhim o'yilardan biri. Suriyaga qarshi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Bu erga bejizga kelganimiz yo'q, uchrashuv natijasi bizning foydamizga hal bo'lishiga umid qilaman. 3 ochkoni qo'lga kiritgan holda yaxshi kayfiyat bilan ortga qaytamiz, deb o'ylayman”, – dedi Server Jeparov.

Eslatib o'tamiz, Suriya va O'zbekiston qarama-qarshiligi ertaga, 23 mart kuni Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan.


Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика