So’nggi yangiliklar

09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  0 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  1 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  1 07:56ЦСКА тасдиқлади  5 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  3 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  52 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  2 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1

Samvel Babayan: "CHempionatdagi intriga deyarli tugadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "CHempionatdagi intriga deyarli tugadi"

Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" uchrashuvidan keyin namanganliklar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- O'ylaymanki, bugun yaxshi o'ynay olmadik, ayniqsa, birinchi bo'limda. CHempionatdagi "pauza"dan keyin qiynalyapmiz. Afsuski, o'yinga kirishib ketish qiyin kechdi. Bugun jamoamiz birinchi taymni o'ta muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. Bu ko'proq psixologik muammoga o'xshayapti. Afsuski, qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. 

"Olimpik"ni tabriklayman! Ular juda yaxshi o'ynashdi, sifatli futbol ko'rsatishdi, gollar ham alo darajada bo'ldi. Afsuski, yutqazdik. CHempionatdagi intriga deyarli tugadi. Ushbu mavsumni tahlil qilib chiqishga hali erta. Hali yana 3 ta o'yinni munosib o'tkazib olishimiz kerak.



- Jasur Yaxshiboev avvalgi o'yinlarda ko'rinmayotgandi. Bugun "Navbahor" qaydnomasiga ham kiritilmadi. Vaholanki, u terma jamoa yig'iniga taklif etildi. U bilan bog'liq vaziyatni ochiqchasiga ayta olasizmi? U jamoani tark etganmi?

- Jasur Yaxshiboev davolanish va reabilitaciya jarayonini o'tash uchun ketgandi. U Masharipov safarga bora olmagani uchun termaga chaqirilgandi. 



- "Navbahor" bugun rasman chempionlik poygasidan chiqib ketdi. Jamoa chempionlikni ham, kubokni ham qo'lga kiritolmadi. Mavsum qanday o'tdi deb o'ylaysiz?

- Oldimizga qo'yilgan vazifalarni uddalay olmadik, bu – fakt. Mavsum tugagach, tahlil qilib chiqamiz va umumiy xulosaga kelamiz. CHempion ham bo'lolmadik, kubokni ham yutolmadik. Buni mavsum yakunida ko'rib chiqsak bo'ladi.

- "Navbahor"da keyingi tur oldidan yo'qotishlar juda ko'p. Jamoaning jismoniy tayyorgarlik murabbiylari va shifokorlari faoliyatini qanday baholaysiz?

- Jamoamizda iqtidorli murabbiy (Aleksa Boshkovich – tahr.) ishladi. Afsuski, u jamoadan ketdi, bu uning oilaviy holatiga bog'liq vaziyat edi. U bilan kuni kecha gaplashdik. O'ylaymanki, hozirgi paytda "Navbahor"ning jismoniy tayyorgarligi bilan hammasi yaxshi. Aks holda jamoa 98-daqiqagacha hujum qilmasdi. Boshkovichga yordam berib kelgan SHerzod Jo'raev hozir uning o'rnida ishlayapti. Ishontirib ayta olamanki, u yuqori darajada faoliyat olib bormoqda.

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика