So’nggi yangiliklar

14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26

Samvel Babayan: "Bunday o'yin bilan futbolimiz rivojlanmaydi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bunday o'yin bilan futbolimiz rivojlanmaydi"

Coca Cola Superliganing 18-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Afsuski durang natijasi qayd etildi. Biz albatta ko'prog'ini niyat qilgandik. Bunga bir qator sabablar bor. Birinchidan mezbonlar birinchi taymning o'zidan vaqt cho'zishni boshladi va mana shu natijani saqlab qolishga urindi. Biz ikki ochko yo'qotdik. Dastlabki bo'limda menimcha 30 daqiqa futbol o'ynadik, qolgan 15 daqiqada esa raqib futbolchilarining to'pni tepib yuborishi va ularga yordam ko'rsatilish guvohiga aylandik. To'g'ri bu futboldagi ayyorliklar, bazan natija ham keltiradi.

Ammo bunday futbol bilan rivojlanish bo'lmaydi. Tanaffus vaqtida futbolchilarimiz hatto terlashmagandi, sababi o'yinda ko'p pauza bo'ldi.

O'z shogirdlarimga esa rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Afsuski yo'qotilgan ikki ochko o'rnini endi boshqa o'yinda to'ldirishga harakat qilamiz,- dedi Samvel Babayan.

- Kubok yarim finalida ham shu jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Bugun taktika tuzayotganda o'sha o'yin haqida ham o'yladingizmi? 

- Kubok doirasidagi bahsgacha hali vaqt ko'p. Bugungi uchrashuvga qilgan barcha rejalarimiz o'xshadi, faqat gol urolmadik xolos. Kubok o'yini haqida keyinroq o'ylaymiz.

- Jasur Yaxshiboev 90 daqiqaga tayyor emasmi? 

- Jasur uzoq vaqt davomida futbol o'ynamadi, shu bois hali to'liq tayyor emas. Bugun 30 daqiqa o'ynadi xolos. Oilasida sodir bo'lgan qayg'uli hodisa ham unga tasir qildi. Mavsum oxirida Yaxshiboev o'z darajasini ko'rsatadi deb o'ylayman.

- Jamshid Boltaboev bugun maydonga tushganida "Navbahor"da g'alaba uchun imkoniyat ko'proq bo'larmidi? 

- O'yindan avval ham aytdim, Jamshid jamoamizning muhim futbolchilaridan biri. Biroq uning o'rniga bugun jamoa sardori tushdi va yuqori saviyada o'ynadi.

Reyting: -76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика