Samvel Babayan: "Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
03 may 2014 20:59
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
"Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari menejeri Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bugun futbol bayrami bo'ldi. Futbol muxlislariga bugungi o'yin yoqdi deb o'ylayman. CHiroyli gollar, xatolar, futbol busiz bo'lmaydi. Qiyin vaziyatdan chiqib ketganimizdan xursandman. Musobaqa jadvalida hamon peshqadamlikni saqlab qoldik. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz", - deydi Samvel Babayan.
"Himoyada o'ynab g'olib chiqish juda qiyin. SHu bois hujum qilib imkoniyatlarimizdan foydalnishga urindik. Stadionga kelgan muxlislar uchun ham hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qildik".
"Tarkibimizda yosh qobiliyatli futbolchilar borligi bizning baxtimiz. Sergeev bugun gol urmadi, lekin o'tgan ikki o'yinda to'p kiritdi. U o'z ustida tinmay ishlamoqda, mashg'ulotlardan keyin yakka tarzda mashqlar qilmoqda".
"Samarqanddagi o'yinda ko'pchilik bizni 99 daqiqada gol urganimizni aytmoqda. Aslida bu tarix lekin yana o'sha vaziyatni tushuntiraman. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha vaqtda jami 3ta o'zgarish amalga oshirildi. Har bir o'zgarish uchun 30 soniyadan qo'shilishi qoidada bor. "Dinamo" futbolchilari kamida 1 daqiqa maydonda shifokorlar yordamini olishdi. Endi o'sha 5 daqiqa kamida 1,5 daqiqani qo'shib olavering. Biz esa ikkinchi bo'limning 46-daqiqasida gol urdik. Bundan tashqari o'sha vaziyatda gol urganimizdan so'ng "Dinamo" ham hujum qildi va gol urishi mumkin edi".
"Bugun zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishdi. Anvar Soliev bugun juda ham foydali o'ynadi", - deydi Babayan.

Fikrlar