So’nggi yangiliklar

21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  0 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  3 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5

Samvel Babayan: "Barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o'zgacha kayfiyatda maydonga tushadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o'zgacha kayfiyatda maydonga tushadi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

Samvel Vyacheslavovich avval o'yin haqida to'xtalib, quyidagicha fikr bildirdi.

- Ko'p marotaba takidlab o'tganimdek, barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o'zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi va biz uchun oson o'yinlar yo'q. Bugungi g'alaba bilan klubimiz muxlislarini tabriklagan holda, yigitlarga “Dinamo” autsayder bo'lishiga qaramay, butun uchrashuv davomida hushyorlikni yo'qotmagan holda, o'yinni nazorat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. To'g'ri, shogirdlarim ko'plab qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. SHunday bo'lsada, takidlaganimdek, yigitlar o'yinni nazorat qila olishdi.

Yana shuni ham aytish lozimki,“Dinamo” tarkibidagi futbolchilar ko'pchilikka notanish bo'lishiga qaramay, murabbiy imzosi bilinib turibdi. Samarqandliklarning o'yinlarini tahlil qilib, shunga guvoh bo'ldikki, jamoa Superliga va O'zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda raqiblarga munosib qarshilik ko'rsata olgan va mag'lubiyatga loyiq bo'lmagan. Bir so'z bilan aytganda, “Dinamo” yaxshi jamoa hamda keyingi o'yinlarda nimalarga qodirligini namoyish eta oladi.

Yana bir marta g'alaba bilan “Navbahor” muxlislarini tabriklab, shunday ruhda davom etamiz, degan umiddaman, - dedi Samvel Babayan.

- Ehsoni Panshanbe va Andrey Sidorov nega maydonga kam tushishmoqda?

- “Navbahor”da xohlagan paytda maydonga tusha oladigan ajoyib futbolchilar bor va ulardan birortasini alohida ajratib ko'rsatishni istamayman. Ushbu o'yinchilar qatorida zaxira o'rindig'idan o'rin olgan boshqa futbolchiarni ham tilga olish mumkin. Payti kelib, ular maydonga tushib, jamoamizga yordam beradilar. Asosiysi, hozirgi vaqtda “Navbahor”ning har bir poziciyasida sog'lom raqobat mavjud bo'lib, teng kuchli bo'lgan ikkita tarkibga egamiz va qaysi futbolchi o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.

- Bugun “Navbahor” “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsdagi kabi yorqin o'yin namoyish eta olmadi. Futbolchilar keyingi, “Neftchi” bilan bo'ladigan “vodiy derbisi” uchun kuchlarini saqlashdimi?

- Bu fikringizga qo'shilmayman. Boisi, yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi, ammo ko'p gol ura olishmadi. Yuzaga kelgan barcha vaziyatlardan foydalanganimizda, taassurotlar o'zgacha bo'lardi, albatta. Yigitlar takidlaganimdek, o'yin nazoratini o'z qo'llarida ushlab turishdi. Raqib futbolchilari darvozamiz oldida birortayam xavfli vaziyat yarata olishmadi.

O'z o'rnida shuni ham takidlamoqchimanki, u derbi bo'ladimi yoki yo'qmi, biz uchun raqibning farqi yo'q. Boisi, aytib o'tganimdek. barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o'zgacha kayfiyatda maydonga tushadi. Maqsadimiz “Navbahor”ning brendini tiklash, top klublar qatoriga qaytarish.

SHu bois, har bir bahsda maydonga g'alaba qozonish ishtiyoqida tushamiz.

- Bugungi o'yinda hujumlar yakuniga etmadi. Buni nima bian izohlaysiz?


- Birinchi bo'limda hujumlar ancha keskin tus oldi. Ammo 2-bo'limda haqiqatan ham hujumlar unchalik o'xshamadi. Bu esa hisobning qaltisligi va bosim bilan bog'liq. Boisi, raqib tushunarsiz hujum uyushtirish orqai tasodifan gol urib qo'yishi ham mumkin edi. Islom Kenjaboev zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, hujumdagi keskinlik kuchayib, yigitlar o'shanda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishganida, kamida 3 ta gol urgan bo'lardik.

To'g'ri, hujum chizig'ida barqarorlik yo'q. Ammo bugungi bahsning boshlang'ich tarkibida maydonga tushgan futbolchilar ro'yxatiga etibor bergan bo'lsangiz, ulardan bor-yo'g'i ikki nafari o'tgan mavsumda “Navbahor”da o'ynagan yigitlar. Qolgan 9 nafari esa yangi futbolchilar. Ularning maydonda o'zaro tushunishlari uchun esa biroz vaqt kerak. O'zbekiston kubogi bahslari bizga aynan shuning uchun shart. Superliganing 3-turidan so'ng, Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi kechadigan muhim uchrashuv oldidan chempionatda katta tanaffus yuzaga keldi. Bu esa o'sha o'yinga o'z tasirini o'tkazdi. Hujumda barqarorlik yuzaga kelishi uchun hali yana ko'p mehnat qilishimiz lozim.

- Egor Krimec qachon maydonga qaytadi?

- Egor umumiy guruhda shug'ullanib, jarohatidan tiklanmoqda hamda yuklamalarni bajarmoqda. Tarkimizdan 4 nafar markaziy himoyachi joy olgan va bu biz uchun omad. Aytganimdek, jamoamizda sog'lom raqobat mavjud va kim o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Krimec O'zbekiston milliy terma jamoa azosi. Egor joriy mavsum davomida jamoamizga hali ko'p asqotadi.

- Azimjon Ahmedov jarohatidan forig' bo'ldimi?

- Ahmedov jarohatdan keyingi tiklanish mashqlarini bajarmoqda. U asosiy tarkib o'yinchisi va tezroq safimizga qaytishini kutyapmiz.



Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика