So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Samvel Babayan: "Andreev ham, boshqa futbolchilar ham bosim natijasida ko'p xato qilishdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Andreev ham, boshqa futbolchilar ham bosim natijasida ko'p xato qilishdi"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.


"Bugun menimcha futbol bayrami u qadar o'xshamadi. Yigitlar muxlislarni xursand qilish uchun biroz shoshib qolishdi. 

Raqibimiz bir necha yillardan buyon barqaror o'yin namoyish etib kelmoqda. Bundan tashqari, "Nasaf" bitta rasmiy o'yin o'tkazib bo'ldi – Superkubok. 

Bugun biz g'alabaga yaqinroq edik, bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. Afsuski, ular gol bilan yakunlanmadi. 

Muxlislar bugun "Navbahor-2022"ni faqat qisman ko'rishdi. Birinchi taymdagi dastlabki 20 daqiqa va uchrashuvning oxirgi 35 daqiqasida. Bu yil qiziqarli chempionat bo'ladi deb o'ylayman. O'yinimizni yanada sifatli qilishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", – dedi Babayan.

- "Navbahor"ga muxlislar yordam beradi deyishadi, ammo menimcha, bugun ular xalal bergandek bo'ldi. Ayniqsa, so'nggi 10 daqiqada har bir pas noaniq ketaverdi...

- To'g'ri aytyapsiz. Muxlislarni xursand qilish uchun haddan ziyod istak bor edi. Klubga kelganimda aytganman, "Navbahor"da bosimga bardoshli futbolchilar o'ynashi kerak deb. Bugun katta imtixon bo'ldi. Xatolarni tahlil qilamiz. 

- 1996 yilgi "Navbahor"da ishlagansiz, hozirgi va o'sha jamoani taqqoslay olasizmi? 

- Hozir ikki jamoani taqqoslash qiyin. 1996 yilda ham, hozir ham yaxshi futbolchilar jam bo'lishgan. Ikki jamoa ham men uchun qadrdon. Xuddi 1996 yilgidek sifatli o'yin ko'rsatishga urinamiz. 

- Andreevga to'p tushganida faqat "ichkariga" tepib yubormoqda. Siz shunday ko'rsatma berganmisiz yoki o'zini yo'qotib qo'ydimi? 

- Andreev ham, boshqa futbolchilar ham bosim natijasida ko'p xato qilishdi. 

- "Navbahor" Turkiyada 10 dan ziyod o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi, biroq bugun ko'rdikki, jamoaviy o'yindan asar ham yo'q...

- Bugun yuqorida aytganimdek, ishqibozlar jamoaviy o'yinning faqat bir qismini ko'rishdi. Hali oldinda ancha qiladigan ishlarimiz bor.

Reyting: -67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика