So’nggi yangiliklar

14:18Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23. Ўзбекистон терма жамоаси таркиби эълон қилинди  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  6 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7

Samvel Babayan: "2021 yilda "Turon"dan taklif bo'lgani rost. SHkvirinni ularga men tavsiya qilgandim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "2021 yilda "Turon"dan taklif bo'lgani rost. SHkvirinni ularga men tavsiya qilgandim"

Coca Cola Superliganing 7-turi doirasidagi "Turon" - "Navbahor" (0:2) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hammaga salom. Bugungi o'yin juda qiziqarli va ko'pchilikning etiborida bo'ldi. Umuman olganda ikki jamoa ham o'yindan qoniqqan bo'lsa kerak. O'tkir hujumlar, kurashlar bo'ldi, temp yuqori bo'ldi. Birinchi navbatda, muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarimning harakatlarini ham aytib o'tishim lozim. Birinchi bo'limda o'zimizga o'xshamadik, ammo kiyinish xonasida kerakli ko'rsatmalar berilganidan so'ng barchasi o'zgardi. Bir o'yinni ishonchli tarzda o'tkazdik. Har bir uchrashuvning boshidan oxiriga qadar ikkinchi bo'limdagi kabi harakat qilishimiz kerak. 20 daqiqa davomida kamchilik bo'lib o'ynagan bo'lsak ham vaziyatlar yaratdik va penalti ishlashga muvaffaq bo'ldik. Bu aynan bizning xarakterimizni ko'rsatadi. Yigitlarim bilan faxrlanaman. Bu yigitlar yaxshi va zamonaviy futbol o'ynashga munosib o'yinchilardir. O'runovning harakatlari alohida taqsinga sazovor, u jamoani oldinga boshladi.

- Jamoa bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng asosan to'p nazoratiga urg'u berdi. Bu siz tomondan ko'rsatgan ko'rsatma edimi?

- Albatta, bunday holatda to'pni nazorat qilish kerak edi. Raqib ham bunga yo'l qo'yib berdi. Ular qilgan pressing etarlicha agressiv bo'lmadi. Bizning yigitlar hammasini to'g'ri bajarishdi. Iskanderov ham vaziyatdan kelib chiqib to'pni nazorat qilishda katta yordam ko'rsatdi. Bu albatta, vaziyatimizni osonlashtirdi. 

- "Navbahor" penalti tepishda muammolarga duch kelmoqda. Balki, penaltilar bo'yicha alohida ishlash kerak edi?

- Bugun Iskanderov ura olmadi, avvalroq Jokich penaltini aniq amalga oshira olmagandi. Bu yigitlar o'z xatolarini maydondagi jamoaviy o'yinga ko'proq yordam berib va g'alabaga hissa qo'shib yuvishadi. Iskanderov bizning asosiy penalti tepuvchi o'yinchimiz. Temurxo'ja va Jokich ham penalti tepuvchi hisoblanishadi. 

- Jamoa markaziy himoyasiga etibor bersak, Milovichning o'rnida Jokich maydonga tushmoqda. Bu aynan o'ylangan taktikami yoki Milovichda qandaydir jarohat bormi?

- Milovichda kichik jarohat bor. U tiklanish jarayonida. Bu majburiy harakatlar edi. Jokich esa haqiqiy professional va tartibli futbolchi. SHu sabab ham u aynan o'zining poziciyasida o'ynamayotgan bo'lsa ham oxirgi o'yinlarda ishonchni oqlamoqda. Umuman olganda bu majburiy qaror.

- 2021 yilda sizga "Turon" rahbariyatidan sizga taklif bo'lgan ekan. O'shanda siz jamoaga SHkvirinni tavsiya qilgan ekansiz. SHu rostmi va nega "Turon" bergan taklifni qabul qilmagansiz?

- Ha, menga "Turon"dan, shu o'rinda viloyat hokimidan taklif bo'lgandi. Men o'shanda bu erga kelgan edim, chunki bugungi kunda jamoani taminlayotgan insonlarni hurmat qilaman. Biroq, o'shanda men "Navbahor" bilan kelishib qo'ygan edim. O'shanda jamoaga SHkvirinni tavsiya qilgandim. Umuman olganda, ular yomon ishlashmadi, biroq, jamoaga nimadir etishmadi. O'shanda "Turon" yaxshi o'yinlar ko'rsatgandi, ammo o'yin oxirda nimadir etishmasdi. Ularda vaziyatlarni yakunlaydigan hujumchi yo'q edi. Mening eslashim bo'yicha vaziyat shunday edi. "Turon" uyiga mehmon bo'lish albatta yoqimli. Bu erda klubning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar bor. "Turon" rahbariyati juda katta ishlarni qilishmoqda. Men ularga kelajakda omad tilab qolaman. 

- Xitoyga ketishingizdan oldin bergan intervyularingizning birida bir kun kelib albatta "Navbahor"ni chempion qilaman degandingiz. Bu yil chempion "Navbahor"ni ko'ramizmi?

- Men bu narsani bir necha marta aytganman. "Navbahor" muxlislarini baxtli qilish istagim yuqori. Hozirgi yig'ilgan tarkibimizda boshqacha maqsad yo'q. Biz o'tgan mavsumdan yaxshiroq natija ko'rsatishimiz kerak. Bizda bu yil eng yuqori maqsadlar qo'yilgan. Maqsad aniq – chempionlik. CHempionat oxirida birinchi o'rinda bo'lish uchun barcha ishni qilamiz. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика