Sampaoli: "Sevilya"da revansh imkoniyati bor"

Aslanov Jasurbek
15 avg 2016, 10:32
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining fikricha, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib turibdi.

Uning shogirdlari sovrin uchun ilk bahsda "Barselona"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Hujumchi yetishmayotgani haqida gapirishga hojat yo'q. Bu biz gol ura olmagan birinchi o'yin. Ammo jamoa imkoniyatlardan foydalanish ustida ishlashi kerak. Ikkinchi bo'limda raqibga noqulaylik tug'dira oldik. O'yinimizning bazi jihatlarini to'g'irlay olmadik, natijada "Barselona" qarshi hujumlarga ega bo'ldi. Ammo "Sevilya"da revansh olish imkoniyati saqlanib turibdi va biz "Kamp Nou"da bunga erishamiz" - deydi Sampaoli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca