So’nggi yangiliklar

17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  9 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1

Samarqanddagi chempionat "qog'ozda" o'tkazildimi? Yangiliklar

Samarqanddagi chempionat "qog'ozda" o'tkazildimi?

6 noyabr kuni taniqli jurnalist Farhod Norbo'taev shaxsiy blogida qoldirgan posti orqali Samarqand FA xodimlarining "tinchini buzdi".

U 2008-2009 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Samarqand viloyat chempionatining "qog'ozda" o'tkazilgani va davlatga qarashli futbol maktablari natijalari "ko'tarib" ko'rsatilganidan norozi bo'lgan.

Darhaqiqat, Samarqand FA telegram kanalida elon qilingan yakuniy turnir jadvali odamni juda ajablantirib, Norbo'taevning so'zlari to'g'riligiga ishora qiladi. SHu tufayli o'rtada yuzaga kelgan savollarga viloyat associaciyasining Bolalar futboli bo'limiga masul Muzaffar Ismatovdan javob oldik.

1. Bazi ota-onalar chempionat oxirigacha ishtirok etamagan jamoalar ham yakuniy jadvalga qo'shilib, davlatga qarashli futbol maktablarining natijasi "ko'tarib" ko'rsatilganidan shikoyat qilmoqda.

Javob: 8-turgacha chempionatimiz ajoyib tarzda o'tayotgan edi. Karantin kuchaytirilgan davrdan keyin jamoalar birin-ketin chiqib keta boshladi. Reglamenta ko'ra, mavsumning 50% o'yinlarini o'tkazib bo'lgan jamoaning natijalari bekor qilinmaydi. Aksincha, qolgan o'yinlarda texnik mag'lubiyat yoziladi. Bolalar futbol o'ynayman deb tursa, ularni qaytarib yubora olmaymiz.  CHempionat oxirigacha ishtirok etmagan jamoalarning "ota-onalari" qoidalar bilan yaxshiroq tanishishlari kerak. 2 ta o'yinga kelmagan jamoa, 3-siga keladi.

2. 17 jamoa ishtirok etgan musobaqaning formatiga ko'ra 1 mavsumda 128 ta uchrashuv o'tishi kerak. Jadvaldagi mag'lubiyatlar ustuni esa 136 tani ko'rsatyapti (Umumiy o'yinlar sonidan 8 ta ko'proq).

Javob: Yuqorida o'yinga kelmagan jamoalarga texnik mag'lubiyat yozilishi haqida aytdim. SHunday o'yinlar bo'ldiki, har 2 tomon bahsga kelmadi. SHunday holatlarda ikkala tomonga ham mag'lubiyat yozilgani tufayli jadvalda tushunmovchilik yuzaga keldi.

3. Musobaqada 1-o'rinni egallagan "Akademiya-2008" jamoasi 100 foizlik natija bilan barcha o'yinlari yutgani aytilgan. Lekin 23 avgust kuni elon qilingan jadvalda mazkur jamoa bir bor mag'lub bo'lganini ko'rishimiz mumkin.

Javob: Bu holatga aniqlik kiritdik. Etibor qilsangiz, chempionatda akademiyaning 2 yosh toifasidagi jamoasi qatnashdi. Avgust oyidagi jadvalda 2009 yillarning mag'lubiyati 2008'larga ketib qolgan. Keyinchalik bu xato bartaraf qilindi. "Akademiya-2008" musobaqadagi barcha uchrashuvlarni yutgan.

4. Musobaqada urilgan gollarning umumiy soni o'tkazib yuborilganlar ustunidagi bilan bir xil bo'ladi. Lekin jadvalda tafovut bor: 231 - 219. 

Javob: Menimcha, o'sha jadvalni tayyorlagan grafik dizayner raqamlarni chalkashtirib yuborgan bo'lishi mumkin. Bu holatni o'rganib, xatolarni bartaraf qilamiz va yakuniy jadvalni elon qilamiz.

5. Futbolni 2 jamoa o'ynagani bois jadvalidagi duranglar qatorida hech qachon toq raqam turmaydi. Samarqand FA elon qilgan jadval turnirda 17 ta durang qayd etilganini ko'rsatyapti.

Javob: Yuqorida aytganimdek, jadvalni tayyorlagan xodimimiz raqamlarni chalkashtirib yuborgan bo'lishi mumkin. Ertagayoq barcha xatoliklarni bartaraf qilib, bayonot beramiz.

Bizning eshiklarimiz barcha uchun ochiq, hamma bilan muloqotga tayyormiz. Istalagan ota-ona yoki murabbiy kelsa, to'g'ri tushuntirish berar edik. Barcha uchrashuvlarning protokollari bor.

Xullas, yuqoridagi jadval bo'yicha yana bir talay savollar bor. Umid qilamizki, masullar tez orada bu bo'yicha rasmiy bayonot berib, mavzuni yopishadi.

Maqola→ CHeran "Navbahor" va "Nurafshon"ni "sevadi"

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика