Samarqandda ayol murabbiylar uchun futzal bo'yicha OFK kurslari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2016, 08:24
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida Samarqand shahrida ayol murabbiylar uchun futzal bo'yicha “Level 1” toifali licenziya uchun o'quv kurslari o'tkaziladi.

Ushbu xalqaro toifali licenziya uchun o'quv kurslari 18 – 23 noyabr sanalarida bo'lib o'tadi.

O'quv-mashg'ulot kurslarini olib borish uchun eronlik OFK instruktori Shaxrizod Muzaffar taklif etilgan. Unga yordamchi sifatida Kamola Usmonova tayinlangan. O'quv kurslari koordinatori esa – Umidjon Hotamov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com