So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Saloh va bir necha sabablar yoxud FIFA futbolchilarni ijaraga berishni taqiqlamasligi kerak Yangiliklar

Saloh va bir necha sabablar yoxud FIFA futbolchilarni ijaraga berishni taqiqlamasligi kerak

Bu yigitlar revolyuciyaga qarshi.

O'tgan yozda PSJ moliyaviy feyr-pleyning ustidan kuldi va Kilian Mbappeni "Monako"dan 180 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. "France Football" nashri xabariga ko'ra, FIFA futbolchilarni ijaraga berishni taqiqlamoqchi. Ammo bunday qilish kerak emas. Bu ko'p holatlarda futbolchilarning foydasiga ishlaydi.

FERNANDO MORENTES

Ijaraga berilgan mavsum: 2003/04
Jamoa: "Real"dan "Monako"ga

Ispaniyalik futbolchi "Real" bilan uch bora Evropa chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. Ikki marta milliy chempionatda bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Biroq u o'z jamoasida rivojlana olmadi. Ronaldoning transferidan keyin Fernandoning o'yin amaliyoti pasayib ketdi. SHu boisdan jamoa rahbariyati 27 yoshli futbolchini "Monako"ga ijaraga berdi.

Madrid jamoasidagilar keyinchalik bunga afsuslangan bo'lsalar kerak. Oradan 7 oy vaqt o'tib, ECHL chorak finalida u Iker Kasilyas darvozasini ikki bora ishg'ol etdi va o'z jamoasini turnirdan chiqarib yubordi. "Monako" finalgacha etib bordi va bahsda "Portu"ga (0:3) mag'lub bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi esa "Oltin butsa"ni qabul qilib oldi. Bunga u o'z mehnatlari bilan erishgandi.

TIBO KURTUA

Ijaraga berilgan mavsum: 2011/12, 2012/13, 2013/14
Jamoa: "CHelsi"dan "Atletiko"ga

"CHelsi" har doim o'z tarbiyalanuvchilariga katta ahamiyat berib keladi. Yoshlarni shakllantiradi va Evropaning boshqa jamoalariga ijaraga beradi. Ular o'sha klublarda katta tajriba to'plashadi. Bir vaqtlar darvozabon Matey Delach 7 oy o'ziga beriladigan imkoniyatni kutgandi.

Biroq undan-da yaxshiroq darvozabon ham bor. Tibo Kurtua "Atletiko" safida o'ynadi va "CHelsi"ga qaytganidan keyin Petr CHexning joyini egalladi. Tibo uch yilda Ispaniyada to'rtta sovrin qo'lga kiritdi. Evropa ligasi g'olibi bo'ldi va ECHLda kumush medallarga ega chiqdi. Besh mavsum davomida u "CHelsi"da 3 sovringa ega chiqqandi.

2013/14 yilgi mavsum ECHLda Tibo "Atletiko" bilan birgalikda turnirning finaligacha bordi. Qizig'i, u ham yarim finalda o'z jamoasi "CHelsi"ning tor-mor etilishida katta hissa qo'shdi.

KEVIN DE BRYUYNE

Ijaraga berilgan mavsum: 2012/13
Jamoa: "CHelsi"dan "Verder"ga

Bremenda u o'zining eng yaxshi davrini boshladi. Kevin unchalik kuchli bo'lmagan "Verder"ning asosiy futbolchisiga aylandi va Bundesliganing eng yaxshi assistentlaridan biri bo'ldi. Biroq Joze Mourino uni "CHelsi"ga kerak emas deb hisobladi. 2013/14 yilgi mavsumning dastlabki qismida u "CHelsi" tarkibida 3 o'yinda qatnashdi. 2014 yilning qishida uni Dortmundning "Borussiya"si va "Bayer"ga ijaraga berishga taklif qilishdi. Biroq bunga rad javobi berilganidan keyin Kevin "Volfsburg"ga 21,5 mln evroga transfer qilindi.

Ayni damda u "Manchester Siti"ning asosiy futbolchisi. Kevin jamoasining Angliya chempioni bo'lishida katta hissa qo'shdi.

ROMELU LUKAKU

Ijaraga berilgan mavsum: 2012/13, 2013/14
Jamoa: "CHelsi"dan "Vest Bromvich" va "Everton"ga

2012 yilning bahorida "CHelsi" ECHL g'olibligini qo'lga kiritdi. Lukaku bu turnirning birorta bahsida maydonga tushmadi. Avtobusda Solomon Kalu ECHL sovrinini 19 yoshli futbolchining tizzasiga qo'yganida u shunday degan ekan: "Olib tashlang, bu sovrinning menga hech qanday ahamiyati yo'q".

Keyingi mavsumda u "Vest Bromvich"ga ijaraga berildi. Natijalar yaxshi: APLda 17 gol, shuningdek, Aleks Fergyusonning xayrlashuv uchrashuvida xet-trik. Vaqt o'tib u yana "CHelsi"ga qaytdi, biroq yana gollar kirita olmadi. Oqibatda "Everton"ga ijaraga berildi. U erda Romelu yaxshi to'purarligini isbotladi.

MUHAMMAD SALOH

Ijaraga berilgan mavsum: 2014/15 (ikkinchi qismda), 2015/16
Jamoa: "CHelsi"dan "Fiorentina" va "Roma"ga

Bugungi Muhammad Saloh - Italiya futbolining kashfiyoti. Joze Mourino shunday hisoblaydi, chunki u "CHelsi"da ochilib ketmagan: "U Italiyada rivojlandi, jismoniy jihatdan ancha kuchli bo'ldi", - degandi Joze.

Apenninda Saloh boshqatdan tug'ildi. U erda zaxirada o'tirmadi. "Fiorentina"da u 26 uchrashuvda qatnashdi va 9 gol kiritdi. "Roma"da esa undan-da kuchliroq o'ynadi: yilning eng yaxshi futbolchisi va to'purari. Rimliklar futbolchini "Liverpul"ga yaxshigina tayyorlab bera olishdi.

XAMES RODRIGES

Ijaraga berilgan mavsum: 2017/18
Jamoa: "Real"dan "Bavariya"ga

Kolumbiyalik pleymeykerning iqtidori yuqori. U zaxirada o'tirishga loyiq emas. JCH-2014da yaxshi o'yin namoyish etgan futbolchi Zidan bilan kelisha olmadi, endi Xaynkes bilan baxtiyor bo'lib ishlamoqda. Ayni damda u Bundesligada assistentlar bo'yicha 3-o'rinda bo'lib turibdi.

"Madridda u qanday darajadaligini ko'rsatish uchun etarlicha imkoniyat bo'lmadi. Biroq Myunxenda u baxtiyor yashamoqda. Bu erda yangi bo'lsa ham, Germaniyaning madaniyati, tili va yashash tarziga ko'nikib ketdi", - dedi Xaynkes.

Endi u ham ECHL yarim finalida o'z jamoasi - "Real"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.

MISHI BATSHUAYI

Ijaraga berilgan mavsum: 2017/18 (ikkinchi qism)
Jamoa: "CHelsi"dan "Borussiya" Dortmundga

"Borussiya"da har doim gol uradigan futbolchilar bo'lgan: Lukas Barrios,  Robert Levandovski va Per-Emerik Obameyang fanatlarga ko'plab gollar urishini isbotlab bo'lgandi. Mishi ham odatni buzmayapti: 13 uchrashuvda 9 gol.

Mishi bir necha oydayoq "CHelsi"ga kerakli futbolchi ekanligini isbotladi. Jamoaga Morata kerak emas, Batshuayiga vaqt bering u isbotlaydi.

"Dortmundga o'zimni topish uchun keldim. Bir yarim yil davomida zaxirada o'tirdim. Hatto futzal ham o'ynadim. Endi esa haqiqiy Mishini ko'ryapman, bu juda yaxshi!". "Borussiya" futbolchini 60 mln evroga sotib olishi mumkin.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика