Saloh "Liverpul"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2018, 13:53
"Liverpul" hamda yarim himoyachi Muhammad Saloh o'rtasida imzolangan yangi shartnomaning bazi shartlari ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim 5 yilga mo'ljallangan va u 2023 yilda yakuniga etadi. Yangi shartnoma shartlariga ko'ra, Saloh haftasiga 226 ming evro ishlab topadi. Shuday qilib, u klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi.

Saloh 2017 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Transfer 42 mln. evroga amalga oshgan edi. So'nggi mavsumda 26 yoshli futbolchi 32ta gol urib, Premer-liga rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail