Saloh: “Liverpul” mashg'ulotiga birinchi kelib, oxirgi bo'lib ketaman. SHartnoma haqida hozir gapirish esa xudbinlik”
10 apr 2022 09:55
Yangiliklar
Saloh: “Liverpul” mashg'ulotiga birinchi kelib, oxirgi bo'lib ketaman. SHartnoma haqida hozir gapirish esa xudbinlik”
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh jamoa bilan yangi shartnomasi haqida fikr bildirdi.
Misrlikning aytishicha, bitim bo'yicha muzokaralar boshlangan. U bilan amaldagi kelishuv 2023 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.
"Aytishim mumkinki, odamlar o'zlari bilmagan narsalar haqida juda ko'p gapirishadi. “Liverpul” mavsumning eng muhim pallasida turganida, xudbunlik qilib, shartnoma haqida gapirishni istamayman.
Ha yoki yo'q deb aytolmayman. Professional insonligimni hamma biladi. Birinchi bo'lib kelib, oxirgi bo'lib ketaman. Etiborimni jamoaga qaratganman va sovrinlar uchun bor kuchimni ishga solaman”, deydi Saloh.
Fikrlar