Saloh g'ayrioddiy tarzda jurnal muqovasidan o'rin oldi
12 jan 2022 19:33
Yangiliklar
Saloh g'ayrioddiy tarzda jurnal muqovasidan o'rin oldi
"Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh GQ jurnalining muqovasidan o'rin oldi. Surat jurnalning Instagramdagi sahifasida elon qilindi.
Saloh ushbu jurnalga bergan intervyusida kelajagi haqida fikr bildirdi. Futbolchi "Liverpul"dagi faoliyatini davom ettirishni xohlashini aytdi, ammo barchasi klubga bog'liq ekanligini takidladi. Salohning aytishicha, uning yangi shartnoma haqidagi talablari yuqori emas.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh va "Liverpul" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Misrlik forvard 2017 yilning yozidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar