So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Saloh rafiqasi bilan maktabda tanishgan. Misrdagi chekka qishloqdan ECHL shohsupasigacha – birga Yangiliklar

Saloh rafiqasi bilan maktabda tanishgan. Misrdagi chekka qishloqdan ECHL shohsupasigacha – birga

Qizlarining ismi – Makka.

Muhammad Saloh 2017 yilda «Liverpul» klubi futbolchisiga aylangandi. Klub televideniyasiga bergan ilk intervyusida undan ingliz tilidagi eng sevimli so'zini aytishi so'raladi. Misrlik futbolchi jilmayib javob berdi: «LOVE».

Muhammad hammani yaxshi ko'radi, yaxshi munosabatda bo'ladi. Lekin uning asosiy sevgisi haqida malumotlar juda kam. Uning ismi Maji, u o'zgacha ayol: ommaviy axborot vositalari etiboridan qochadi, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari yo'q, o'z restorani va kiyim brendiga ega.



Ular birgalikda Misrning Nagrig qishlog'idan «Liverpul»gacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishdi.

Salah 21 yoshida turmush qurgan. U bo'lajak ayoli bilan boshlang'ich maktabda tanishgan

Maji Sodiq yuqorida nomi tilga olingan kichkina Nagrig qishlog'ida tavallud topgan bo'lib, bo'lajak juftlik boshlang'ich talimni birga olishgan. Uning uchta singli bor. Majining ota-onasi maktab o'qituvchisi edilar. Uning onasi bo'lajak juftlik bolalikda do'stlashganlari haqida aytgandi: «Egizaklarim Maji va Mahab 2003 yilda ikki nafar sinfdoshlari bilan do'stlashishgandi. Ularning biri Saloh edi. Muhammad va Maji o'rta maktabga qadar birga bo'lishdi.Saloh futbol tufayli boshqa o'rta maktabga o'tib ketgandi».

2012 yilda istedodli futbolchi Bazel klubi safiga borib qo'shildi, bir yildan so'ng Salah Majiga uylanish uchun SHveycariyadan Nagrigga qaytdi. To'yda qishloqdagi hamma odamlar ishtirok etishdi. U endigina 21 yoshda edi, ammo hammasini to'g'ri qilayotganiga amin edi. CHunki bu vaqtda mazkur juftlikning sevgi hikoyasi o'zining 10 yilligini tantana qilmoqda edi.



Takidlash lozimki, Salah bugun vatandoshlari uchun o'z yordamini ayamayapti. Bularning hammasi bolalar uchun maktablar qurish, bemorlarga dori ulashish va faqirlarning to'y-hashamlarini moliyalashtirishda namoyon bo'lmoqda. Maji esa turmush o'rtog'ining Misrdagi xayriya ishlarini boshqarish va, ayniqsa, Nagriglig qizlarga yordam berish bilan band. Qishloq aholisi esa u o'zi ildiz yozgan erlarni unutmaganidan xursandlar.

Angliyada Maji Saloh biotexnologiya bo'yicha ilmiy daraja sohibi, deb yozishdi. Aslida, u tijoratshunoslik sohasida tehsil olgan. Mazkur tushunmovchilik uning nomidan ochilgan Instagram tarmog'idagi soxta sahifada berilgan yolg'on malumotlar orqali kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Maji omma qarshisida ilk bor Salohga 2017/18 yilgi mavsum «Oltin butsa»si topshirilgan marosimda namoyon bo'ldi. Ammo «Liverpul» muxlislari diqqatini ko'proq uning qizi – Makka o'ziga jalb qildi:



Bir yildan so'ng shu voqea yana takrorlandi: Saloh «Oltin butsa» bilan taqdirlandi, Maji erini tabriklash uchun maydonga tushdi. Ammo Makka yana hammaning etiborini o'ziga qaratdi – qizaloq muxlislar bilan to'lgan «Enfild»da to'pni ushlab olib, darvozaga qarab yugurdi:



Bu holatdan keyin ota-onaning ko'zlari baxtdan porladi.

Maji esa omma oldida yana bir necha bor ko'rinish berdi: «Afrikaning yil o'yinchisi» mukofotining taqdimot marosimida, «Barselona»ga qarshi(4-0) uchrashuvda va Saloh ECHL shohsipasiga ko'tarilganda. Ammo u doimo etibordan chetda turadi.

Salohning takidlashicha, u oilasi uchun etarlicha vaqt ajratolmayotganidan afsusda: «Men Majiga nisbatan adolatsizman. CHunki ish bilan bo'lib, unga vaqt ajratolmayapman. Meni doim qo'llab quvvatlagani va hayotimga mano baxsh etib turgani uchun undan juda minnatdorman».




 

«SHunday insonni qidiring, Saloh ayoliga qanday boqsa, u ham sizga shunday termulsin».

Muhammad ayollarning huquqlarini himoya qiladi («Islomofobiya» darajasini ham kamaytiradi)

Time jurnali malumotlariga qaraganda, Saloh joriy yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoridan o'rin egalladi. Misrlik futbolchi o'zining gender tengligi haqidagi tushunchasi yillar davomida shakllanganini ochiqchasiga tan oldi: «Bizning madaniyatimizdagi ayollarga bo'lgan munosabatni o'zgartirish kerak. Bunga shunchaki majburmiz. Endi men ayollarni har qachongidan ham ko'proq qo'llab-quvvatlayman, chunki ular ko'proq narsalarga loyiqdirlar».

Jasorat bilan berilgan, ammo juda ham o'rinli bayonot, ayniqsa, Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionati oldidan. Bleacher Report’ga bergan intevyusida u yana shu mavzuga to'xtaldi: “Meni eng ko'p qiziqtirgan muammo? Menimcha, ayollarning huquqlari eng muhim masala hisoblanadi. Yaqin sharqda bu narsani o'zgartirishimiz kerak. Men «ayollarga yomon muomala qilamiz», demayman. Ammo bundan yaxshirog'i ham qo'limizdan keladi. Bu bizning qo'limizda va ongimizda”.

U ayollarga hurmat bilan munosabatda bo'lish tarafdori. Ular muqaddas hisoblanishgan, shunday bo'lib qolishadi, deydi Saloh.

Futbolchining o'zi jinsiy mojarolarda qatnashishi qiyin masala. Joriy yil Dubaydagi marosimlardan birida muxlisalardan biri Salohni quchoqlab oldi va futbolchi darhol onasidan quyidagi xabarni oldi: «YO Xudo, bu nima? Agar otang shunday qilayotganini ko'rsam, u bilan ajrashgan bo'lar edim».



Saloh kulib yubordi, lekin o'zi rafiqasi bilan tushgan bir nechta suratlarnigina elon qiladi, xolos (bu juda kam). Hattoki, ECHL finalidan keyin ham Saloh hushyorligini yo'qotmagani tahsinga loyiqdir.



Salohning so'zlari juda ham muhim, chunki u inglizlar uchun haqiqiy namuna. Stenford universiteti o'tkazgan tadqiqodlar shuni ko'rsatdiki, Saloh «Liverpul»ga ko'chib o'tgach, «Islomofobiya» darajasi keskin pasaygan. SHaharda diniy nafrat bilan bog'liq nizolar 18,9 foizga, jamoa muxlislarining anti-musulmon tvitlari esa 50 foizga kamaydi (boshqa jamoalar muxlislariga nisbatan).

SHuningdek, Muhammad gollarini ibodat bilan nishonlaydi, rafiqasi hijobda, qiziga musulmonlarning muqaddas shahrining nomini bergan. U sabab Mersisaydda musulmonlarga nisbatan noto'g'ri munosabat kamaydi. Uning qiyofasi esa butun dunyoda musulmonlarga nisbatan shakllangan xato qarashlarni buzib yubordi.



«Liverpul» muxlislari Saloh haqida birgalikda kuylashadi: «Agar u yana [gollar] ursa, men ham musulmon bo'lman! SHuni xohlab, masjidda o'tiraman.»



Yurgen Klopp futbolchi haqida shunday degandi: “Uni va Sadioni jamoada ko'rishdan juda mamnunman. Ularning har ikkov ham musulmon. Biz «musulmonlar – xavfli», deb o'ylanadigan dunyoda yashayapmiz. Ammo bu haqiqat emasligini bilamiz. Odamlar shodlik va muhabbatga to'lsa, qanday yaxshi!”



Rus tilidan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика