Saloh rafiqasi bilan maktabda tanishgan. Misrdagi chekka qishloqdan YCHL shohsupasigacha – birga

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019, 17:00
Qizlarining ismi – Makka.

Muhammad Saloh 2017 yilda Liverpul klubi futbolchisiga aylangandi. Klub televideniyasiga bergan ilk intervyusida undan ingliz tilidagi eng sevimli so'zini aytishi so'raladi. Misrlik futbolchi jilmayib javob berdi: LOVE.

Muhammad hammani yaxshi ko'radi, yaxshi munosabatda bo'ladi. Lekin uning asosiy sevgisi haqida ma'lumotlar juda kam. Uning ismi Maji, u o'zgacha ayol: ommaviy axborot vositalari e'tiboridan qochadi, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari yo'q, o'z restorani va kiyim brendiga ega.



Ular birgalikda Misrning Nagrig qishlog'idan Liverpulgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishdi.

Salah 21 yoshida turmush qurgan. U bo'lajak ayoli bilan boshlang'ich maktabda tanishgan

Maji Sodiq yuqorida nomi tilga olingan kichkina Nagrig qishlog'ida tavallud topgan bo'lib, bo'lajak juftlik boshlang'ich talimni birga olishgan. Uning uchta singli bor. Majining ota-onasi maktab o'qituvchisi edilar. Uning onasi bo'lajak juftlik bolalikda do'stlashganlari haqida aytgandi: Egizaklarim Maji va Mahab 2003 yilda ikki nafar sinfdoshlari bilan do'stlashishgandi. Ularning biri Saloh edi. Muhammad va Maji o'rta maktabga qadar birga bo'lishdi.Saloh futbol tufayli boshqa o'rta maktabga o'tib ketgandi.

2012 yilda istedodli futbolchi Bazel klubi safiga borib qo'shildi, bir yildan so'ng Salah Majiga uylanish uchun Shveytsariyadan Nagrigga qaytdi. To'yda qishloqdagi hamma odamlar ishtirok etishdi. U endigina 21 yoshda edi, ammo hammasini to'g'ri qilayotganiga amin edi. Chunki bu vaqtda mazkur juftlikning sevgi hikoyasi o'zining 10 yilligini tantana qilmoqda edi.



Takidlash lozimki, Salah bugun vatandoshlari uchun o'z yordamini ayamayapti. Bularning hammasi bolalar uchun maktablar qurish, bemorlarga dori ulashish va faqirlarning to'y-hashamlarini moliyalashtirishda namoyon bo'lmoqda. Maji esa turmush o'rtog'ining Misrdagi xayriya ishlarini boshqarish va, ayniqsa, Nagriglig qizlarga yordam berish bilan band. Qishloq aholisi esa u o'zi ildiz yozgan erlarni unutmaganidan xursandlar.

Angliyada Maji Saloh biotexnologiya bo'yicha ilmiy daraja sohibi, deb yozishdi. Aslida, u tijoratshunoslik sohasida tehsil olgan. Mazkur tushunmovchilik uning nomidan ochilgan Instagram tarmog'idagi soxta sahifada berilgan yolg'on ma'lumotlar orqali kelib chiqqan bo'lishi mumkin.

Maji omma qarshisida ilk bor Salohga 2017/18 yilgi mavsum Oltin butsasi topshirilgan marosimda namoyon bo'ldi. Ammo Liverpul muxlislari diqqatini ko'proq uning qizi – Makka o'ziga jalb qildi:



Bir yildan so'ng shu voqea yana takrorlandi: Saloh Oltin butsa bilan taqdirlandi, Maji erini tabriklash uchun maydonga tushdi. Ammo Makka yana hammaning e'tiborini o'ziga qaratdi – qizaloq muxlislar bilan to'lgan Enfildda to'pni ushlab olib, darvozaga qarab yugurdi:



Bu holatdan keyin ota-onaning ko'zlari baxtdan porladi.

Maji esa omma oldida yana bir necha bor ko'rinish berdi: Afrikaning yil o'yinchisi mukofotining taqdimot marosimida, Barselonaga qarshi(4-0) uchrashuvda va Saloh YCHL shohsipasiga ko'tarilganda. Ammo u doimo e'tibordan chetda turadi.

Salohning takidlashicha, u oilasi uchun etarlicha vaqt ajratolmayotganidan afsusda: Men Majiga nisbatan adolatsizman. Chunki ish bilan bo'lib, unga vaqt ajratolmayapman. Meni doim qo'llab quvvatlagani va hayotimga mano baxsh etib turgani uchun undan juda minnatdorman.

[instagram]



 [/instagram]

Shunday insonni qidiring, Saloh ayoliga qanday boqsa, u ham sizga shunday termulsin.

Muhammad ayollarning huquqlarini himoya qiladi (Islomofobiya darajasini ham kamaytiradi)

Time jurnali ma'lumotlariga qaraganda, Saloh joriy yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoridan o'rin egalladi. Misrlik futbolchi o'zining gender tengligi haqidagi tushunchasi yillar davomida shakllanganini ochiqchasiga tan oldi: Bizning madaniyatimizdagi ayollarga bo'lgan munosabatni o'zgartirish kerak. Bunga shunchaki majburmiz. Endi men ayollarni har qachongidan ham ko'proq qo'llab-quvvatlayman, chunki ular ko'proq narsalarga loyiqdirlar.

Jasorat bilan berilgan, ammo juda ham o'rinli bayonot, ayniqsa, Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionati oldidan. Bleacher Report’ga bergan intevyusida u yana shu mavzuga to'xtaldi: “Meni eng ko'p qiziqtirgan muammo? Menimcha, ayollarning huquqlari eng muhim masala hisoblanadi. Yaqin sharqda bu narsani o'zgartirishimiz kerak. Men ayollarga yomon muomala qilamiz, demayman. Ammo bundan yaxshirog'i ham qo'limizdan keladi. Bu bizning qo'limizda va ongimizda”.

U ayollarga hurmat bilan munosabatda bo'lish tarafdori. Ular muqaddas hisoblanishgan, shunday bo'lib qolishadi, deydi Saloh.

Futbolchining o'zi jinsiy mojarolarda qatnashishi qiyin masala. Joriy yil Dubaydagi marosimlardan birida muxlisalardan biri Salohni quchoqlab oldi va futbolchi darhol onasidan quyidagi xabarni oldi: YO Xudo, bu nima? Agar otang shunday qilayotganini ko'rsam, u bilan ajrashgan bo'lar edim.



Saloh kulib yubordi, lekin o'zi rafiqasi bilan tushgan bir nechta suratlarnigina e'lon qiladi, xolos (bu juda kam). Hattoki, YCHL finalidan keyin ham Saloh hushyorligini yo'qotmagani tahsinga loyiqdir.



Salohning so'zlari juda ham muhim, chunki u inglizlar uchun haqiqiy namuna. Stenford universiteti o'tkazgan tadqiqodlar shuni ko'rsatdiki, Saloh Liverpulga ko'chib o'tgach, Islomofobiya darajasi keskin pasaygan. Shaharda diniy nafrat bilan bog'liq nizolar 18,9 foizga, jamoa muxlislarining anti-musulmon tvitlari esa 50 foizga kamaydi (boshqa jamoalar muxlislariga nisbatan).

Shuningdek, Muhammad gollarini ibodat bilan nishonlaydi, rafiqasi hijobda, qiziga musulmonlarning muqaddas shahrining nomini bergan. U sabab Mersisaydda musulmonlarga nisbatan noto'g'ri munosabat kamaydi. Uning qiyofasi esa butun dunyoda musulmonlarga nisbatan shakllangan xato qarashlarni buzib yubordi.



Liverpul muxlislari Saloh haqida birgalikda kuylashadi: Agar u yana [gollar] ursa, men ham musulmon bo'lman! Shuni xohlab, masjidda o'tiraman.



Yurgen Klopp futbolchi haqida shunday degandi: “Uni va Sadioni jamoada ko'rishdan juda mamnunman. Ularning har ikkov ham musulmon. Biz musulmonlar – xavfli, deb o'ylanadigan dunyoda yashayapmiz. Ammo bu haqiqat emasligini bilamiz. Odamlar shodlik va muhabbatga to'lsa, qanday yaxshi!”



Rus tilidan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia