Saloh – APLda 90 ta gol urgan 5-afrikalik
01 fev 2021 01:00
Yangiliklar


Saloh – APLda 90 ta gol urgan 5-afrikalik
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Vest Xem"ga (3:1) qarshi bahsda Angliya chempionatidagi 89 va 90-gollarini urdi.
Misr terma jamoasi sardori ushbu natijaga erishgan 5-afrikalik futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 141 ta o'yin kifoya qildi.
Salohga qadar bunday natijaga uning jamoadoshi Sado Mane (Senegal, 213 o'yinda 91 gol), "Everton" va "Portsmut" klublari sobiq hujumchisi Yakubu Ayegbeni (Nigeriya, 252 o'yinda 95 gol), "Arsenal", "Tottenxem" va "Manchester Siti"ning sobiq forvardi Emmanuel Adebayor (Togo, 242 o'yinda 97 gol) va "CHelsi"ning sobiq futbolchisi Dide Drogba (Kot-d’Ivuar, 254 o'yinda 104 gol) erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar