So’nggi yangiliklar

14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  5 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  1 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   35 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  19 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  10 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  9 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  18

Salimjon Zokirov: "SHu yoshga kirib hali bunaqangi qurani ko'rmagandim" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "SHu yoshga kirib hali bunaqangi qurani ko'rmagandim"

Futbol bo'yicha "Farg'ona viloyati kubogi - 2019" musobaqasining yarim final bosqichidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Imkon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov saytimizga intervyu berdi.

Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...

Xabaringiz bor, yarim finalning dastlabki bahsida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edik. Bu hisobni yo'qqa chiqarish juda qiyin edi, shunday bo'lsa ham jamoamiz vakillari g'alaba uchun astoydil harakat qilishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida juda ko'plab golli vaziyatlarga ega bo'ldik, ketma-ket hujumlar tashkil etdik.

Bugungi o'yin uchun tayyorlagan rejamizga asosan, raqib darvozasiga tezkor gol kiritishni ham uddasidan chiqdik. Lekin shundan so'ng yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda ozgina oqsadik. Agar ikkinchi golni ham birinchi bo'limda urganimizda, o'yin surati butkul o'zgarib ketgan bo'lardi. Ikkinchi bo'lim boshida tezkor gol o'tkazib yubordik, shu gol jamoamiz yigitlarini ruhan sindirib qo'ydi. SHu kabi omillar sabab bugun g'alaba qozonmadik.

Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlarga nisbatan etirozingiz bormi?

Ha, hakamlarga etirozim bor. Futbolning yangi qoidalariga ko'ra, darvozaga tepilgan to'p futbolchining qo'li qanday xolatda turgan bo'lsa ham, to'p qo'lga tegsa, albatta jarima zarbasi belgilanishi shart. Uchrashuvning birinchi bo'limida ikkita shunday vaziyat yuzaga keldi, biroq hakamlar bunga etibor qaratishmadi. Nima ham derdik, bu vaziyatlar hakamlarning vijdoniga xavola.

Joriy mavsum haqida nimalarni ayta olasiz?


Joriy mavsumni kayfiyatsiz tarzda boshladik. Kim nima desa ham, shuni takidlagan bo'lardimki, "Yozyovon-Lochinlari" PRO-Ligada o'ynashi kerak edi. Mavsum avvalida jamoamizni PRO-Ligaga qo'yilmasligi aniq bo'lgach, ko'plab tajribali futbolchilarimiz bilan xayrlashishimizga to'g'ri keldi. PRO-Liga talablariga jamoamizning stadioni javob berolmagandir, lekin buni to'g'rilasa bo'lardi, ammo jamoamiz nechchi yil Pro ligada ishtirok etgan bo'lsa, reglament bo'yicha hamma talablarini bajarib kelgan, PFLdan moliyaviy tomondan qarzi bo'lmagan. Birorta o'yin o'tkazilmasdan qolmagan, oxirgi mavsum 5-o'rinda yakunladik, endi bizning jamoani o'rniga qo'yilgan 4 ta jamoani Pro-ligadan chetlatilishi hattoki o'tgan mavsumda oxirgi o'rinda yakunlagan hamda oxirgi o'yinni o'z maydonida o'tkazalmagan jamoani yana pro ligada ishtiroki va bu yil shu jamoani Pro-Ligadan chetlatilishiga nima deyish mumkin?

Stadion borasidagi etirozlarda jon bor, oxirgi paytlarda stadion mutassadilari umuman maydon holatiga etibor bermay qo'yishdi.

Joriy mavsumni futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida boshladik. Mavsum avvalida jamoamiz rahbariyati oldimizga jamoani qaytadan shakllantirish, yuqori o'rinlar uchun kurashish vazifasini qo'ydi. Qaysidir manoda oldimizdagi vazifani uddaladik.

Bilasizmi, futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida mavsum har yilgidan 1,5 oy kechikib boshlandi. SHu sababdan jamoalar ayni yozning issiq vaqtida har 2 kunda 1 ta uchrashuv o'tkazishlariga to'g'ri keldi. Tabiiyki, asosan yosh futbolchilardan tashkil topgan ishtirokchi jamoalarda tiklanish borasida qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Jamoamiz tarkibi asosan yosh mahalliy futbolchilardan shakllantirilgan. Bu futbolchilar hali bironta o'quv mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishmadi. Birinchi yil katta futbolda ishtirok etayotgan yoshlar bilan yaxshi natija ko'rsata olmagan bo'lsakda asosiysi to'g'ri futbol o'ynadik.

"Farg'ona viloyati kubogi-2019" musobaqasining qura taqvimiga ko'zingiz tushdimi? Qaerda ko'rgansiz biron jamoani chorak finaldan to'g'ri finalga chiqqanini? Dunyo futbolida bunaqasi bo'lmagan. Yoki qaysidir jamoa yarim finaldan boshlab ketsa musobaqani, bu nima degan gap? SHu yoshga kiribmanki, bunaqasini ko'rmagandim.

Bundan tashqari kubok uchrashuvlarida har ikki kunda 1 ta uchrashuv o'tkazdik. Jamoamiz yigitlari charchab qolishdi, buni bahona deb o'ylamang. Aslida shu musobaqani sal ertaroq boshlasa bo'lardiku! O'ylaymanki, bugungi gaplarimni mutasaddilar kelgusida o'ylab ko'rishadi.

Bundan tashqari, kuni kecha Farg'ona viloyati futbol associaciyasining telegramdagi rasmiy sahifasida bir tomonlama muxlislik alomatlari aks etgan post yozildi. Aslida rasmiy tashkilot xolis bo'lishi va jamoalarga bir xil munosabatda bo'lishi lozim edi.Bu kabi xolatlar rasmiy tashkilot imidjiga putur etkazishi, xatto mutaxassislarda qura jarayoniga shubha uyg'otishi tayin.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика