So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Salim Zokirov: "Tushunmayapman, nega "A" guruhi ham Pro-liga, "B" guruhi ham Pro-liga" Yangiliklar

Salim Zokirov: "Tushunmayapman, nega "A" guruhi ham Pro-liga, "B" guruhi ham Pro-liga"

O'zbekiston Pro-ligasi 6-turi doirasida "Nurafshon" - "Yozyovon" (2:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa ustozi Salim Zokirov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Futbolning yozilmagan qonuni bor - sen urmasang senga urishadi. Raqib jamoa birinchi golini kiritgunga qadar biz 100 foizlik vaziyatdan foydalana bilmadik. Keyinchalik ilk gol urildi va biz penaltidan unumli foydalanishni uddalamadik. Ozgina omadimiz kelganida natija biz tomonda bo'lardi. Birinchi bo'limda bizda ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa aksincha holat kuzatildi. Biz raqibdan vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida ojizlik qildik.

Ha, jamoaning katta qismi yoshlardan iborat. Bizning moliyaviy holatimiz yuqori darajada emas va shu sababli ham tajribali futbolchilarni olib kela olmaymiz.

"Nurafshon" mavsumni bemalol ko'tarinki kayfiyatda yakunlay oladi. Jamoani kuchli murabbiylar shtabi boshqarmoqda. Ular qanday ishlash kerakligini bilishadi.

Tushunmayman, nega "A" guruhi ham Pro-liga, "B" guruhi ham Pro-liga? Axir ikki guruhning statusi boshqacharoq-ku. "A" guruhi autsayderlari "B" guruhga tushib ketadi. "A" guruhining etakchilari esa Superligaga chiqishadi. Undan ko'ra, "A" guruhini Pro-liga, "B" guruhini birinchi liga deb atash kerak edi. Vaholanki, "A" guruhining barcha jamoalari ham infratuzilmasi yuqori saviyada emas va Superliga vazifasini qo'ymagan", - dedi Salim Zokirov.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика