So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Salamat Qutiboev: "Raqib yaxshi o'ynadi. Lekin yakunda biz g'alaba qozondik" Yangiliklar

Salamat Qutiboev: "Raqib yaxshi o'ynadi. Lekin yakunda biz g'alaba qozondik"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliganing oltinchi turida "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda maydon egalari ustunlik qilgan bo'lsada, "Metallurg" so'nggi daqiqalarda gol urib g'alabani nishonladi. Bekobodliklar safidagi tajribali ijrochi Salamat Qutiboev jamoasiga uch ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Ushbu bahsdan so'ng futbolchi saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 


- "Metallurg" uchrashuvda ko'proq himoyalanishiga to'g'ri keldi. Biroq so'nggi daqiqalarda ko'proq hujumkorlikka etibor qaratdi. Bu oldindan o'ylangan reja edimi?

- Aslida rejamiz boshqacha edi. Birinchi raqam ostida to'p tepishimiz talab etilardi. Lekin raqibimiz bunga yo'l qo'ymadi. "Qo'qon-1912" o'yin davomida bizdan ancha yaxshi harakat qildi. Muhimi yakunda biz g'alabani tantana qildik. 

- Jamoaning o'yinidagi rang-baranglik ko'rmoqdamiz. Avvalgi mavsumlarga qaraganda ko'proq to'pga egalik qilmoqda va hujumlar tashkil etyapti. Bu murabbiyning o'zgargani bilan bog'liqmi?

- Xuddi shunday. Fikringizga qo'shilaman. Murabbiyimiz bizga agressiv harakat qilgan holda, raqib jarima maydonchasiga ko'proq bosim qilishimiz kerakligini takidlamoqdalar. Vaqt o'tgani sayin murabbiyning falsafasi va uslubiga moslashib boramiz.

- Biroq futbolchilar Jasur Abduraimovning uslubini tezda o'zlashtirib olishgani sezilmoqda...

- Menimcha murabbiyning aytganlarini to'liq bajara olayotganimiz yo'q. Lekin harakat qilyapmiz. O'yindan-o'yinga hammasi yaxshilanib borishiga ishonaman. 

- O'yin davomida jamoa ko'proq markazda to'pni nazorat qilishga urindi. Natijada qanotlarda yuzaga kelgan bo'shliqlardan raqib keskin vaziyatlar yaratdi...

- Maydonda bir-birimizga yaqinroq o'ynab hujum qilishimiz va ortga tezroq qaytishimiz kerak edi. Bu oldindan o'ylangandi. G'alaba bilan muxlislarimizni tabriklab qolaman. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика