Sala o'tirgan samolyot qoldig'i topildi FOTO
04 fev 2019 11:41
Yangiliklar


Sala o'tirgan samolyot qoldig'i topildi FOTO
Qidiruv-qutqaruv ishlari "Kardiff" futbolchisi Emiliano Sala o'tirgan samolyot qoldig'ini topishdi.
O'tgan haftada futbolchi va uchuvchini qidirish ishlari to'xtatilgandi. Biroq muxlislar va boshqa mashhurlar tomonidan yig'ilgan pullar evaziga qidiruv ishlari qayta boshlandi. Unga yanada kattaroq guruh jalb qilindi. Va bu o'z natijasini berdi.
Malumotlarga ko'ra, samolyot qoldig'i shimoliy Franciyadan 450 kilometr uzoqlikda topilgan.
Samolyot ko'plab bo'laklarga bo'linib ketgan, ammo hozircha Jeyms Ibbotson va Emiliano Salaning tanasi topilmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar