Saka jahon chempionati bahslarida dubl qayd etgan eng yosh angliyalik futbolchiga aylandi
21 noy 2022 21:27
Yangiliklar
Saka jahon chempionati bahslarida dubl qayd etgan eng yosh angliyalik futbolchiga aylandi
Angliya terma jamoasi Qatar mundialidagi ilk uchrashuvida Eron bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi bo'limda Bukayo Saka raqib darvozasini ishg'ol qildi. Malum bo'lishicha, u jahon chempionatida "Arsenal"ning yigirma yil ichida gol urgan birinchi futbolchisiga aylandi. Oxirgi marta 2002 yil 2 iyunda Sol Kempbell "to'pchilar" azosi sifatida SHveciya darvozasini ishg'ol qilgan, o'yin esa durang bilan yakunlangandi - 1:1.
Ikkinchi bo'limda esa Saka yana bir gol urdi va jahon chempionatlari tarixida bir uchrashuvda dubl qayd etgan eng yosh ingliz futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Saka hozirda 21 yoshu 77 kunlik hisoblanadi.
Fikrlar