Sabaleta “Liverpul” bilan bo'ladigan o'yingacha safga qaytishi mumkin
21 dek 2016 01:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/231990_original.jpg)
![](/upload/storage/231990_220.jpg)
Sabaleta “Liverpul” bilan bo'ladigan o'yingacha safga qaytishi mumkin
“Manchester Siti” himoyachisi Pablo Sabaleta jamoasining APL 19-turida “Liverpul” bilan bo'ladigan o'yiniga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
APLning 17-turida “Arsenal”ga (2:1) qarshi kechgan bahsning birinchi bo'limidayoq Pablo Sabaleta jarohati bois maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.
“O'ylaymanki, hammasi u darajada yomon emas. Men jamoamga yordam berishim uchun biroz muolajalar talab qilinadi. Bu jarayon qancha davom etishini aytolmayman. Balkim bunga 10 kun vaqt kerak bo'lar”, deydi Sabaleta.
“Liverpul” – “Manchester Siti” bahsi 31 dekabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar