Saa: "Grizmanni MYUga olib kelish aqlli yurish bo'lardi"
29 iyu 2023 00:56
Yangiliklar
Saa: "Grizmanni MYUga olib kelish aqlli yurish bo'lardi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Lui Saaning fikriga ko'ra, Antuan Grizmanni mankunianliklar uchun mos futbolchi.
"Grizmanni MYUga olib kelish aqlli yurish bo'lardi. U hali ham MYUga mos tushadigan futbolchilardan biri. Uning atrofida bemalol o'yin qursa bo'ladi. U hali ham chidamli, sovrinlarga o'ch futbolchi. Kuchli jamoalarda doimo sovrinlar uchun kurashgan..
Agarda ECHLda uzoqroqqa bormoqchi bo'lsangiz, shunday futbolchi kerak bo'ladi. U bilan shartnoma imzolashning plyuslari ko'p. Biroq MYU hozir unga qiziqmayapti", - dedi Saa "Betfred" nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar