Ryudiger: "Qishda ikki jamoa menga taklif bilan chiqdi"
17 mar 2021 00:24
Yangiliklar
Ryudiger: "Qishda ikki jamoa menga taklif bilan chiqdi"
"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger qishda jamoasini tark etishi mumkin bo'lgandi.
"Lempard qo'l ostida o'yinlarda maydonga tushmasam kerak deb o'ylagandim. Holat bunchalik darajada bo'lib ketishini kutmagandim. Biroq barchasiga boshni tik ko'targan holatda qaradim. Ha, oldimda ikki taklif bor edi va ular borasida o'ylay boshladim.
To'g'risini aytaman, PSJ va Mourino meni jamoasiga taklif qildi. Tuxel qo'l ostida ham shunday bo'lib qolib ketaman deb o'ylayotgandim. Ikki o'yinda qatnashib, asosiy tarkibdagi o'rnimni qaytarib oldim. Lempardning so'nggi o'yinlarida men maydonda edim.
Ayni damda barchasi joyida. Klubda men istagan barcha narsa bor. Rahbariyatdagilar men bilan yaxshi munosabatda. Hech kim menga ketishim kerakligini aytmadi", - dedi Ryudiger.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar