Ryudiger: “Juda afsusdaman”
30 may 2021 23:10
Yangiliklar


Ryudiger: “Juda afsusdaman”
“CHelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger ECHL finalida “Man Siti” xavbeki Kevin de Bryuynega jarohat etkazganidan pushaymonligini aytdi.
To'qnashuv oqibatida beligiyalik boshidan jarohat olgan va burun suyagi singanligi aytilmoqda. U Evro-2020'ni ham o'tkazib yuborishi mumkin.
“De Bryuyne jarohat olganidan juda afsusdaman. Albatta, buni atayin qilganim yo'q. Kevin bilan shaxsan tanishmiz va unga tezroq safga qaytishini tilab, tez orada uni maydonda ko'rishga umid qilaman”, deydi Ryudiger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar