Ryudiger "CHelsi"da eng katta maoshga ega bo'lishni istaydi
17 okt 2021 18:31
Yangiliklar
Ryudiger "CHelsi"da eng katta maoshga ega bo'lishni istaydi
Daily Mail xabariga ko'ra, "CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger haftasiga 400 000 funt sterling maoshga ega bo'lsagina yangi shartnoma imzolaydi.
Germaniyalik futbolchining shartnomasi 2022 yil yozda yakuniga etadi va u haftasiga 125 000 funt sterling maosh belgilangan shartnomaga rad javobini berib ulgurgan.
Manbaaning xabar berishicha, Ryudiger "CHelsi"da faqatgina eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'lsagina qolishga tayyor. Hozirda bu "maqom" forvard Romelu Lukakuga tegishli bo'lib, belgiyalik hujumchi haftasiga 350 000 funt sterling ishlab topadi.
Fikrlar