So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Belarus chempionati. Ikki o'zbek maydonga tushgan bahsda "Energetik" g'alaba qozondi, Yaxshiboevdan golli pas Yangiliklar

Belarus chempionati. Ikki o'zbek maydonga tushgan bahsda "Energetik" g'alaba qozondi, Yaxshiboevdan golli pas

Belarus chempionatining "Rux" hamda "Energetik-BGU" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi yakuniga etdi.

"Rux" Brest – "Energetik-BGU" 0:1

Gol: Miroshnikov 43 (Yaxshiboev assist).

"OSK Brestskiy"

"Rux Brest" – Nechaev, Gayduchik, Kolpachuk, Migunov, Kovtun, Vilyam, Tixonovskiy, Osuchukvu, Grechixo, Koncevoy, Petrenko.

"Energetik-BGU" – Lesko, Sokol, SHkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, YAXSHIBOEV, Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng (SHahboz Umarov).



Uchrashuv yakunlandi!

90+1. UMAROOOV! SHahboz huddi Riberi kabi chap qanotdan markazroqqa o'tdi va darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Posbon bir amallab to'pni qaytardi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Energetik"ning ikkinchi sariq kartochkasi yana bir o'zbek futbolchisiga ko'rsatildi. Umarov o'yinni cho'zgani uchun ogohlantirildi.

86. O'yin nazorati "Rux" tomonga o'tgan. Mezbon jamoa ketma-ket hujumlar amalga oshirmoqda, biroq bugun omad "Energetik" tomonda ekan.

82. ZARBAA! "Rux" futbolchisi ajoyib zarba bilan "Energetik" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, mehmon jamoa posboni bir amallab to'pni qaytardi, hujumning ikkinchi to'lqini himoyachilar tomonidan qaytarildi.

78. To'pni Umarovning o'zi o'yinga kiritdi, ammo himoyachilar uzatmani qaytarib yuborishdi.

77. To'p yana SHahbozda va u jarima zarbasi ishlab oldi. 

74. SHahboz maydonga tushishi bilan raqiblarini aldab, to'pni "Rux" jarima maydonchasiga uzatishga urindi. Ammo urinish biroz muvaffaqiyatsiz chiqdi.

73. XUSHXABAR! SHahboz Umarov Atemeng o'rniga maydonga tushdi. 

70. Villian ("CHelsi"dagi emas, "Rux"niki) darvozabon to'pni ushlab olganidan so'ng posbonni tepib yubordi. Hakam uni sariq kartochka bilan jazoladi. Jasursiz o'yinni sharhlaging ham kelmaydi)

65. Jasur maydonni tark etganidan so'ng "Energetik"ning energiyasi kamayib qolgandek ko'rinyapti. Temp ham ancha pasaydi.

63. Stadionga tashrif buyurgan qizlar o'yinni tomosha qilmay, telefonni titib o'tirishibdi.

61. O'zgarish: Jasur Yaxshiboev maydonni tark etmoqda. Uning o'rnini Bakich egallaydi.

57. "Rux" sardori Tixonovskiy kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, to'p ustunga tegib qaytdi. Hamma qotib qolgandi, ammo "Energetik"ning omadi keldi.

56. YAXSHIBOEEV! Jasur to'pni juda qulay tarzda jamoadoshiga tashlab berdi, biroq 3-raqamli futbolchi 4 metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi, aniqrog'i to'pga tegishni uddalay olmadi.

55. Endi maydonning qarama-qarshi tomonida "Rux" huddi shunday standart amalga oshirdi. Vaziyat zarba bilan yakun topdi, bu safar ham darvozabon qiynalgani yo'q.

53. Jasur Yaxshiboev o'ng qanotda standart vaziyat ishlab oldi. Uning o'zi to'pni o'yinga kiritdi, biroq zarba kuchsiz bo'lgani uchun posbon to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

47. "Rux" ikkinchi bo'limni faol boshladi. Lesko raqib futbolchisining aniq zarbasini bir amallab qaytardi, hujumning ikkinchi to'lqini noaniq zarba bilan yakunlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Jasur Yaxshiboevning golli uzatmasini ko'rmoqchi bo'lsangiz, Telegram kanalimizga ulaning. Video o'sha erda.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

43. Burchak zarbasi. Uni Jasur Yaxshiboev amalga oshirdi va GOL! Miroshnikov hamyurtimizning ajoyib uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga burdi va to'p darvoza ustuniga tegib, golga aylandi!

41. Uchrashuvning 40-daqiqasi yakuniga etdi, haligacha gol yo'q, biroq o'zbekistonlik muxlislar Yaxshiboevning golini orziqib kutishmoqda. Jasur millionlab ishqibozlarimizning bugungi istagini amalga oshiradi deb o'ylaymiz.

37. "Rux"da ajoyib vaziyat yuzaga keldi, ammo so'nggi zarbani berishda muammolar yuzaga kelgani tufayli hisob ochilmadi.

32. Yaxshiboev markaz chizig'i oldida chap oyog'ining epchil harakatlari bilan bir raqibini aldab o'tdi va o'ng qanotdan markazroqqa surildi. Jasur to'pni raqibiga uzatishga uringanida, to'pni oldirib qo'ydi.

31. Turli saytlarning malumotlariga ko'ra, ushbu uchrashuvni Evropaning yarmi tomosha qilayotgan ekan. MDH haqida gapirmasam ham bo'ladi. Bu Jasur Yaxshiboev uchun juda zo'r imkoniyat ekanligini hamma tushungan bo'lsa kerak. 

28. O'yinga qaytamiz. "Rux" biroz faollashib qoldi va ushbu daqiqada burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi, ammo vaziyat golsiz yakun topdi.

26. Belarusda murabbiy ishdan ketganini juda qiziq malum qilishar ekan. Bazilar sms orqali mutaxassisga murojaat qilsa, boshqalar o'rtaga uchinchi shaxsni aralashtirishgan. Eng qiziq holat 2012 yilda sodir bo'lgan ekan. SHarhlovchining aytishicha, 2012 yilda Belarus chempionati o'yinidan so'ng mag'lub jamoa ustozining istefosini stadion diktori mikrofonda elon qilgan ekan. Dahshat!

24. SHahboz Umarov ham xuddi Jasur Yaxshiboev kabi o'tgan mavsumni Olmaliqning AGMK klubida o'tkazgan.

22. Ushbu uchrashuvni kuzatayotganlar uchun qo'shimcha malumot. "Energetik-BGU"da O'zbekistondan faqat Jasur Yaxshiboev to'p tepmaydi. Bu klubda yana bir o'zbekistonlik bor. SHahboz Umarov.

20. Yaxshiboev o'zini ko'rsatishga ulgurdi, ammo yaxshi tomondan emas. Jasur markazda raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

17. Match! sharhlovchisi o'yin boshlanganidan beri Yaxshiboev haqida gapirishdan to'xtamayapti.

16. Yaxshiboev bir raqibini aldab o'tdi va to'pni jamoadoshiga oshirib, devor uslubida o'ynadi. Jasur raqib jarima maydonchasining chap tomonidan ichkariga kirib, zarba berdi. Biroz noaniq, ammo harakatlari olqishga arziydi.

14. Uchrashuv davom etmoqda. Hali ham kichik ustunlik "Energetik"da, ammo hujumlar noaniq uzatmalar tufayli yakuniga etmay qolyapti.

10. Yaxshiboev burchakdan to'pni o'yinga kiritdi, "Rux" vakillari to'pni uzoqroqqa urib yuborishdi, albatta, oyoq bilan.

7. "Rux"ning dastlabki hujumi xavfli tus oldi. Qanotdan erlatib uzatilgan to'pni "Energetik" himoyachisi maydondan chiqarib, raqibga burchak zarbasi ishlab berdi. Burchak zarbasidan so'ng "Rux" futbolchilari darvozani ishg'ol qilishga urinishdi, ammo mehmon jamoa himoyachilari to'p yo'liga to'g'anoq bo'lib, xavfni darvozalari oldidan uzoqlashtirishdi.

6. Hozircha mezbonlar birorta hujum uyushtira olishmadi, "Energetik" esa energiyasini ayamay tezkor hujumlar amalga oshirib, raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinishmoqda.

4. ZARBAAA! YAXSHIBOEEEEV! Jasur chap qanotda bir raqibini aldab, darvozani ishg'ol qilishga urindi, biroq "Rux" posboni to'pni qaytardi va vaziyat bartaraf etildi.

3. Jasur Yaxshiboevga qarshi qoida buzildi. Mehmonlar ("Energetik") standartdan to'pni o'yinga kiritmoqda. Zarbani Yaxshiboev ijro etdi. To'pni "Rux" himoyachilari qaytarishdi.

2. "Energetik" o'tgan mavsum Belarus chempionatining 30ta uchrashuvida eng ko'p gol o'tkazgan klub bo'libdi. Jamoa so'nggi mavsum yakunlariga ko'ra 12-o'rinni egallagan. Musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi.

1. Toshkent vaqti bilan 22:00 bo'lishi bilan uchrashuv boshlandi, poytaxtimizda esa derazadan qarab turgan odamlar shifokorlarni qo'llab-quvvatlab qarsak chalishmoqda. Biz ham virusga qarshi kurashda tinim bilmayotganlarga minnatdorchilik bildiramiz.


- Tarkiblar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin. Siz ko'rishni istayotganingiz Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda. "Rux" ko'k rangli futbolkalarda, "Energetik" esa olov rangli formada.

- Futbolchilar ustiga "Biz dunyo uchun futbol o'ynaymiz" yozuvi tushurilgan futbolkalarni kiyib olishgan, ammo o'yin paytida ikki jamoa o'zining formasida to'p tepadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Belarus xonandalarini tanimayman, ammo sanatkorga o'xshab ketadigan qiz Belarus madhiyasini kuylamoqda.



Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика