Jasur Yaxshiboev Eronning "Nassaji Mazandaran" klubiga o'tdi
24 mar 23:29
Yangiliklar


Jasur Yaxshiboev Eronning "Nassaji Mazandaran" klubiga o'tdi
Jasur Yaxshiboev faoliyatini Eronda davom ettiradi.
Yaxshiboev Eronning "Nassoji Mazandaran" klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma "0.5+1" formatida tuzildi, yani Yaxshiboev joriy mavsum oxirigacha (yarim yil) va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan klubda faoliyat yuritadi.
Bu transfer amalga oshishida o'zbekistonlik futbol agenti Farrux Sayfulla ishtirok etdi.
Jasur Yaxshiboev o'tgan mavsum Qozog'istonning "Ordabasi" klubi safida o'tkazgan edi. U mavsumda 17ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi. Yaxshiboev eng chiroyli golni QPL 21-tur doirasida "Astana" darvozasiga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar