OCHL. "Nassaji Mazandaran" - "Navbahor" uchrashuvini Araki Yusuke boshqarib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
6 noya 2023
Xabaringiz bor, bugun OCHL 4-turi doirasida Namanganning "Navbahor" klubi safarda "Nassaji Mazandaran"ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan 19:00da start oladi. O'yinni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'ldi. Bosh hakam Araki Yusukega qanotlarda Mihara Jun va Kota Vatanabe yordam beradi. Zaxira hakami - Yamamoto Yudai.


Osiyo Chempionlar ligasi. "D" guruhi. 4-tur
"Nassaji Mazandaran" (Eron) – "Navbahor" (O'zbekiston)
6 noyabr (dushanba), Tehron, “Ozodi” stadioni.
Hakamlar
: Araki Yusuke, Mihara Jun, Vatanabe Kota (barchasi Yaponiya);
Zaxira hakami: Yamamoto Yudai (Yaponiya);
Nazoratchi: Ismail Adnan Ismail Alhafi (Iordaniya);
Komissar: Li Vang Hong (Gonkong);

Eslatib o'tamiz, “Nassaji Mazandaran” – “Navbahor” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Bo'lajak bahsda jamoamizga omad yor bo'lishini tilaymiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" ФК матбуот хизмати