So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

"U osonlikcha top-5 chempionatlariga bora olardi". "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasining sobiq murabbiyi u bilan ishlagan eng istedodli futbolchi haqida Yangiliklar

"U osonlikcha top-5 chempionatlariga bora olardi". "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasining sobiq murabbiyi u bilan ishlagan eng istedodli futbolchi haqida

"Olimpik" bosh murabbiyi Artyom Petrosyan faoliyatining dastlabki qismida "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasida ishlagan paytidagi eng istedodli futbolchi haqida gapirdi.

– O'sha paytda "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasida ko'plab yaxshi o'yinchilar bor edi. Ularning bazilari yuqori darajada o'ynay boshladi: Botirali Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Oston O'runov. Alijonov – o'ziga xos futbolchi. U hozir "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasida ko'rsatayotgan o'yinni 18 yoshida "Paxtakor" yoshlar jamoasida ham namoyish etgan. Faqat o'shanda chap qanot himoyachisi bo'lib o'ynagan. Biroq eng yorqin futbolchi Jasur Yaxshiboev edi. U o'z istedodini oxirigacha namoyon eta olmadi. Men hayotimda bunday o'yinchini boshqa uchratmaganman.

– "Sherif"ning sobiq murabbiyi Yuriy Vernidub ham shunday fikr bildirgan edi. U Yaxshiboevning og'ir xarakteri uning istedodini to'liq ochilishiga to'sqinlik qilganini aytgan.

– Ehtimol, Vernidub qisman haqdir. Lekin men boshqacha fikrdaman: Jasur hayotga juda engil qaraydi. Agar u o'z ishiga biroz jiddiyroq yondashganida – kimni misol keltirish mumkinligini bilmayman, aytaylik Eldor Shomurodovdek – u "Oltin to'p"ga davogar bo'lishi mumkin edi. Salohiyati jihatidan u g'ayritabiiy o'yinchi edi. Jasur ishiga to'g'ri munosabatda bo'lib, to'g'ri tayyorgarlik ko'rganida, osonlikcha top-5 chempionatlariga bora olardi.


Artyom Petrosyan ishtirokidagi "Fint To'raeva" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida):


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
29 okt 15:11:18
BXZ BXZ
{ CHELSEA } foydalanuvchining fikriga javob berish
Oshirvoribdi...
Шерифда жуда кучли сезон у́тказган яна кимсан Реалга чиройли гол урган ва Реални химоясини анча шошириб ку́йган эди .
+1   
29 okt 12:53:06
Fc Milan20
{ CHELSEA } foydalanuvchining fikriga javob berish
Oshirvoribdi...
Siz Real Madridga qarshi qanday o'ynaganini bir ko'ring qaytib. Oshirvormaganini tushunasiz. O'sha payt eng zo'r formasidan birida edi. Energetik-BGU da Xusanov kabi u bilan ham Belaruslik murabbiy zo'r ishlagandi. Boshqa hech kim uni bu sport formasiga chiqarmadi.
   
29 okt 18:32:44
Doker K
Men Uzbda korgan eng kuchli oyinchi U-19da korib hayron qolgandim bizdayam shunaqa oyinchi chiqadimi deb
-1   
29 okt 12:17:57
Abdusalom Mirzayev
Да ну, ҳаммаси Яхшибоев ҳақидами
-2   
29 okt 12:54:50
Fc Milan20
O'zbekistonning eng kuchli tarkibi-Yusupov, Alijonov, Aliqulov, Xusanov, Nasrullayev, Shukurov, Hamrobekov, Iskandarov, Fayzullayev, Shomurodov, Yaxshiboyev aslida. Lekin to'liq tarkibda hech qachon yig'ilmasa kerak
-3   
29 okt 12:40:21
{ CHELSEA }
Oshirvoribdi...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика