So’nggi yangiliklar

00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  12 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  100 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  52 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  9

Rustam Umarov: “Deyarli Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordik” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Deyarli Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordik”

Kuni kecha futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Ozarboyjon terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (3:3). SHiddatli kechgan o'yindan so'ng terma jamoamizning asosiy darvozaboni Rustam Umarov Jahon chempionatiga tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.

"Ozarboyjon futzal terma jamoasi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvini guvohi bo'ldingiz. Ularda mahalliylashtirilgan braziliyalik futzalchilar jamlangan ekan. Deyarli Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordik. Jahon chempionatidan oldin bunday o'rtoqlik o'yinlari biz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Ozarboyjon termasiga qarshi jamoadoshlarim juda ham yaxshi harakat qilishdi. Mag'lubiyatga uchrayotgan paytimizda bor kuchimiz bilan maydonning bir qarich eri uchun ham kurash olib bordik va gollar ura boshladik. Bahsni ko'rgan bo'lsangiz yana o'ynovchi darvozabon bilan gol urishga muvaffaq bo'ldik.

Tayyorgarlik alo darajada o'tmoqda. Bir kunda ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Bir hafta oldin jamoadoshlarim jismoniy mashqlarni bajargan bo'lsa biz darvozabonlar  murabbiyimiz Xose Mariya Mendez bilan alohida mashg'ulotlarda qatnashdik. Jahon chempionatida guruh bosqichidagi birinchi o'yinimizni Panama termasiga qarshi o'tkazamiz. Murabbiyimiz Mendez ushbu terma jamoani o'yinlarini ko'rgan ekan. Hozircha mana shu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu bizning so'nggi o'rtoqlik o'yinimiz emas. Bundan tashqari, biz Eronda Eron terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsak, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan ham o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Aytib o'tganimdek, ushbu terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik bahslari biz uchun juda ham muhim. CHunki bu terma jamoalar dunyo reytingida yuqori o'rinlarda turadi. Panamani qanday darajada ekanligini ko'rmaganman, bilmayman ham. Oddiy terma jamoalar Jahon chempionatiga chiqishmaydi.

To'rt yil avval Portugaliya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganmiz. O'shanda ham salbiy natijani qayd etmaganmiz. Birinchi bahsda (2:5) hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsak, javob uchrashuvida (1:2) hisobida mag'lub bo'lganmiz. Lekin o'sha paytda Rikardino yo'q edi”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi posboni Rustam Umarov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика