So’nggi yangiliklar

22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  60 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  8 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  5 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3

Rustam Umarov: “Bizga yuklatilgan vazifani alo darajada uddaladik deb o'ylayman” Yangiliklar

Rustam Umarov: “Bizga yuklatilgan vazifani alo darajada uddaladik deb o'ylayman”

Teglar :  FutzalRustam Umarov
Bugun O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi 2–turni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazshdi (2:1).

Ushbu uchrashuv yakunlanganidan so'ng biz O'zbekiston terma jamoasi darvozabonidan intervyu oldik.

- G'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
- Avvalambor barcha o'zbek futboli muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam juda og'ir o'tdi. Qirg'iziston terma jamoasi uchun g'alaba suv va havodak zarur edi. Albatta biz uchun ham. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida gol urib olganimiz juda yaxshi bo'ldi. Biz ko'proq ularni pressingda ushlashga harakat qildik. Lekin ular bizning pressingimizdan chiqishga harakat qilishdi. Qaysidir manoda ular buni uddalashdi.

- O'tkazib yuborilgan golga munosabatingiz?
- Ochig'ini aytadigan bo'lsam ushbu golda barchaning aybi bor. Murabbiylarimiz markazni yopinglar deb aytishadi. Afsuski shu erda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz

- Keyingi o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
- Keyingi o'yinni Livan terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Ushbu o'yin biz uchun hech nimani hal qilmaydi. Biz o'zimizga yuklatilgan vazifani alo darajada uddaladik deb o'ylayman. 
 

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика