So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Rustam Qurbonboev: “Beshinchi o'rin bizga yarashmaydi” Yangiliklar

Rustam Qurbonboev: “Beshinchi o'rin bizga yarashmaydi”

Sobiq futbolchi, endilikda murabbiylik kasbi bilan shug'ullanayotgan Rustam Qurbonboev hozirda “Paxtakor” futbol klubining 1999 yilda tug'ilgan yoshlarini shug'ullantirmoqda.
Yaqinda uning guruhi Qozog'istonda bo'lib o'tgan Anton Roxosovich SHox xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirida ishtirok etib qaytdi.

Mazkur musobaqada Rustam Qurbonboev shogirdlari beshinchi o'rinni egallashdi. Albatta, jami sakkizta jamoa ishtirok etgan turnirda beshinchi o'rin bilan qaytish “Paxtakor” uchun qoniqarli natija hisoblanmaydi. Bu haqda murabbiyning o'zi ham aytib o'tdi.

“Xotira turniri yaxshi saviyada o'tdi, - deydi Rustam Qurbonboev. - Tashkiliy ishlarning hammasi joyida bo'ldi. Endi o'tkazgan o'yinlarimizga kelsak, guruhda dastlab “Dordoy” bilan durang o'ynadik, keyingi bahsda “Bunyodkor”ga yutqazib qo'ydik va uchinchi o'yinda Olma-Ota jamoasini mag'lub etdik. Natijada guruhda uchinchi o'rinni egalladik. Pley-off bahslarida esa avvaliga “Spartak” (Toshkent), undan keyin yana o'sha Olma-Ota jamoasini mag'lub etib, yakunda beshinchi o'rinni oldik. Oldimizga qo'yilgan vazifa “Paxtakor” uchun o'yinchi etkazib berishdir. Bu borada ishlayapmiz. Xotira turnirida jamoamizdan Georgiy Ahmedov “Tomoshabinlar mehrini qozongani uchun” sovrini bilan taqdirlandi. Bu ham bizni xursand qildi”.

Quyida “Paxtakor-99”ning xotira turnirida qayd etgan natijalari va gollar muallifini keltirib o'tamiz.

Guruh bahslari
“Paxtakor-99” - “Dordoy” (Bishkek) - 1:1
Gol: Roman Jo'raev.

“Paxtakor-99” - “Bunyodkor” (Toshkent) - 0:1

“Paxtakor-99” – SDYUSHOR-2 (Olma-Ota) - 3:0
Gollar: Sarvar Soliev (2ta), Oybek Hamidov.

Pley-off bahslari
“Paxtakor-99” - “Spartak” (Toshkent) - 3:2
Gollar: Ramil Sarkaev (2ta), Sarvar Soliev.

“Paxtakor-99” – SDYUSHOR-2 (Olma-Ota) - 7:1
Gollar: Sarvar Soliev (2ta), Georgiy Ahmedov (2ta), Ramil Sarkaev, Roman Jo'raev, Oybek Hamidov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика