So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Rustam Mirsodiqov: "Natijadan ham, o'yindan ham qoniqish hosil qildim" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Natijadan ham, o'yindan ham qoniqish hosil qildim"

Teglar :  Rustam Mirsodiqov
“Metallurg” – “Qo'qon 1912” jamoalari uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Rustam Mirsodiqov qatnashdi.

Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: - “Qo'qon 1912” jamoasi oliy ligamizda tarkibini shakllantirib olgan kuchli klublardan biri sanaladi. SHu boisdan ham o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Qolaversa ketma ket ikkita mag'lubiyatdan keyin yana yutqazishga haqqimiz yo'q edi. Futbolchilar bilan ham jismonan, ham ruhan olib borgan tayyorgarliklarimiz zoe ketmadi. Bugungi natijadan ham, o'yindan ham qoniqish hosil qildim. Maydonda harakat  qilganlar ham, tashqarida ularga madad bo'lib turganlar ham o'z vazifalarini sidqidildan bajarishdi, buning uchun ularga katta rahmat. Qolaversa bizni tinimsiz qo'llab turgan muxlislarimizga ham minnatdorlik bildiraman.

Bizning muvaffaqiyatimizda tezkor gol ham muhim ahamiyat kasb etdi. SHundan keyin futbolchilar maydonda o'z kuchlariga ishonib, erkin o'ynashdi. Tarkibni jamlashda qatorasiga uchinchi o'yinda muammoga duch kelayapmiz. Bu gal tayanch yarim himoyachimiz Ayubxon No'monov Namanganda olingan ikkita sariq kartochka bois maydonga tusha olmadi. Afsuski, Buxoro safariga tajribali himoyachimiz Davron Karimqulov ham bugungi ogohlantirish sababli bora olmaydi. Ammo muammolarni bartaraf etish, tarkibdagi bo'shliqlar ustida ishlash uchun  hali vaqtimiz  bor, deydi Rustam To'xtamurodovich.

Yangi mavsumda oliy liga jamoalari bosh murabbiylarida PRO lizenciyasi bo'lishi shart

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика