Rustam Mirsodiqov: “Nasaf”dan bir ochko olish – yaxshi natija”
27 apr 2014 22:33
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: “Nasaf”dan bir ochko olish – yaxshi natija”
"Nasaf" - "Metallurg" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Rustam Mirsodiqov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.
-Qarshida “Nasaf”dan bir ochko olish bu menimcha, yaxshi natija. Albatta o'yin oson bo'lgani yo'q,- deya gap boshladi mehmonlar ustozi. - O'yinni cho'zdik? Yo'q men unday demagan bo'lardim. CHunki futbochlilarga har doim aytaman: bir daqiqagayam maydondan chiqdingmi, bu jamoa uchun yo'qotish. Raqib bundan foydalanishi mumkin. SHu bois futbolchilarimiz ataylab o'yin vaqtini cho'zish uchun maydonga yotib olishmadi.
-“Metallurg” odatda etakchi jamoalarga har doim jiddiy qarshilik ko'rsatadi...
-O'tgan turda “Neftchi” ham “Nasaf”ga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi. Demoqchi bo'lganim, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” singari kuchli jamoalarga qarshi har bir jamoa o'zini ko'rsatgisi keladi. Masalaning yana bitta tomoni, maydonning holati. Avvalgi turda safarda “Buxoro”ga qarshi o'ynadik. U erdagi maydon bilan Qarshidagi maydonni farqi juda katta. Maydonning holati ham bizga yaxshi o'ynash imkonini beradi... “Nasaf”ga qarshi albatta birinchi navbatda gol o'tkazmazligimiz shart edi va Qarshi hujumda imkoniyat bo'lishini kutdik. Bizda ham gol urish imkoniyati bo'ldi. Ammo bundan foydalana olmadik.
-Bugungi o'yini bilan dastlabki 4 turda mag'lub bo'lgan “Metallurg”ni tasavvur qilib bo'lmaydi. Oldingi turlarda jamoaga nima etishmagandi?
-Jismoniy tomondan jamoamizda muammo yo'q. Turkiyada yig'in o'tkazib, kuchli jamoalar bilan kuch sinashdik. Taqvim bo'yicha ilk o'yinni uyda o'ynashimiz lozim edi. Ammo malum sabablar bilan safarda o'ynadik. Samarqandda esa bizda vaziyat ko'p bo'ldi, ammo mezbonlar vaziyatdan unumli foydalanishdi. Buxoroda esa so'nggi daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirolmadik va alamli mag'lubiyat. Futbolda shunaqasiyam bo'ladi.

Fikrlar