Rustam Mirsodiqov: "Kovalevning yo'qligi bilinmoqda"
06 iyu 2014 21:35
Yangiliklar
Rustam Mirsodiqov: "Kovalevning yo'qligi bilinmoqda"
"Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov ishtirok etdi.
"O'yin haqida hozir hech nima deya olmayman. Sababi bahsning diskini ko'rib keyin fikrlarimni bildirishim mumkin", - deb gap boshladi Mirsodiqov.
"Mamur Ikromovning jarohati bor edi. U tavakkal qilib maydonga tushgandi. Biroq ikkinchi bo'limda baribir almashtirishga majbur bo'ldik. Aleksandr Kovalevning yo'qligi bizga katta pand bermoqda. Agar u bugun maydonga tushganida buncha gol o'tkazmasdik".
"Norbekov shunday o'yinchiki, bitta bahsda yaxshi o'ynasa ikkitasida yomon o'ynaydi. Agar bugun uni birinchi bo'limda tushirganimda, ikkinchi bo'lim boshida almashtirib yuborishim mumkin edi".
"SHahzodbek Nurmatovning holati yaxshi. Ikkita bahsni o'tkazib yubordi. Agar jarohati bo'lmaganida u milliy terma jamoada ham maydonga tushgan bo'lardi", - deydi Rustam Mirsodiqov.

Fikrlar