Rustam Lutfullin xalqaro o'yinda ishlaydi
05 okt 2022 11:41
Yangiliklar


Rustam Lutfullin xalqaro o'yinda ishlaydi
U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasidagi "E" guruhi vakillarining Yaman – Butan o'yini o'zbekistonlik hakam Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi.
Unga birinchi yordamchi hakam sifatida hamyurtimiz Andrey Capenko yordam beradi. Ular bilan birgalikda bahsda qirg'izistonlik Eldiyar Salibaev (yordamchi hakam) hamda tojikistonlik Sayyodjon Zayniddinov (to'rtinchi hakam) faoliyat olib boradi..
Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 15:00 ga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, "E" guruhi o'yinlari Daka (Bangladesh) shahrida bo'lib o'tmoqda.
⚡️ U-17 Osiyo kubogi saralashi. Bugun O'zbekiston termasi dastlabki tur uchrashuvini o'tkazadi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar