So’nggi yangiliklar

13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  0 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14

Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi Yangiliklar

Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'i asosida Hakamlar va inspektorlar qo'mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

SHu yilning 16 sentyabrida Buxoro shahrida bo'lib o'tgan Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro”-“Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O'FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy taminoti bo'limi ko'rib chiqdi. Bo'lim boshlig'i Artyom Arutyunov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo'ydi.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig'i Noil Lutfullin qo'mita yig'ilishida so'zga chiqib Rustam Bobomurodov masalasi bo'yicha “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi” asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada oliy liganing 21-tur o'yinlari doirasida o'tkazilgan “Buxoro”-“Dinamo” o'yinida bir necha jiddiy xatolarga yo'l qo'ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

Alohida qayd etish kerakki, so'nggi paytlarda O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to'g'risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика